ZUXRUF surasi43.61 . Albatta, (Iso) Qiyomat haqidagi ilm (alomat)dir. Bas, sizlar u (Qiyomat) haqida sira shubha qilmangiz! (Ey, Muhammad, Makka ahliga ayting): "Menga ergashinglar! Mana shu To'g'ri yo'ldir. 43.62 . Sizlarni shayton (Allohning dinidan) sira to'smasin! Albatta, u sizlarga aniq dushmandir. 43.63 . Qachonki, Iso hujjatlarni keltirgach, dedi: "Mana men sizlarga Hikmat (Injil) bilan, sizlarga o'zlaringiz ixtilof qilayotgan ayrim narsalarni bayon qilib berish uchun keldim. Bas, Allohdan qo'rqingiz va menga itoat etingiz! 43.64 . Albatta, Allohning O'zi Rabbim va Rabbingizdir, bas, Unga ibodat qilingiz! Mana shu To'g'ri yo'ldir". 43.65 . So'ngra (nasroniylar ichidan chiqqan) firqalar (Iso xususida) o'zaro ixtilof qildilar. Bas, (u) zolimlarga alamli kun (qiyomat) azobi - halokat bo'lgay! 43.66 .Ular faqat o'zlari sezmagan hollarida Qiyomat to'satdan kelib qolishini kutmoqdalar, xolos. 43.67 . U kunda taqvolilardan o'zga do'stlar bir-birlariga dushmandirlar. 43.68 . (U kunda taqvolilarga aytilur:) "Ey, bandalarim, bu Kunda sizlarga xavf yo'qdir va sizlar aslo g'am chekmaysizlar. 43.69 . (Sizlar) oyatlarimizga imon keltirgan va musulmon bo'lgansizlar. 43.70 . Xotinlaringiz bilan birga mamnunlik hollaringizda jannatga kiringiz!"
|