ZUXRUF surasi43.21 . Yoki Biz ularga undan (Qur'ondan) oldin (biror) kitob ato etganmiz-u, ular o'shani tutuvchimilar?! 43.22 . Balki ular (shunday) deydilar: "Bizlar ota-bobolarimizni bir din uzra topganmiz va albatta, bizlar ularning izlaridan borib hidoyat topuvchilardirmiz". 43.23 . (Ey, Muhammad,) shuningdek, Sizdan ilgari qaysi bir shaharga ogohlantiruvchi (payg'ambar) yubormaylik, u joyning maishatparastlari: "Albatta, bizlar ota-bobolarimizni bir millat (din) uzra topganmiz va albatta, bizlar ularning izlaridan ergashuvchidirmiz", - deganlar. 43.24 . (Payg'ambar ularga) "Agar men sizlarga siz ota-bobolaringizni u uzra topgan narsa (din)dan To'g'riroq (din)ni keltirgan bo'lsamchi?" - deganida, ular: "Albatta, bizlar sizlar elchi qilib yuborilgan (din)ga kofirdirmiz", - dedilar. 43.25 . Bas, ulardan intiqom oldik. Endi, u (payg'ambarlarni) yolg'onchi qiluvchilarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'ring! 43.26 . Eslang, Ibrohim otasiga va qavmiga degan edi: "Men sizlar ibodat qilayotgan ma'budalardan bezordirman. 43.27 . Illo, meni yaratgan zotgagina (ibodat qilurman). Bas, U meni (Haq dinga) hidoyat qilajak". 43.28 . U (Ibrohim) o'sha (nasihat)ni zora qaytsalar, deb o'z ortida qoluvchi so'z qildi. 43.29 . Men esa (u qoldirgan so'zga itoat etmagan) ana u (Makka aholisi)ni ham, ularning ota-bobolarini ham - to ularga Haq (Qur'on) va aniq payg'ambar (Muhammad) kelgunicha, (farovon hayotdan) foydalantirdim. 43.30 . (Ammo) ularga Haq (Qur'on) kelgach, ular: "Bu sehrdir, bizlar unga kofirdirmiz", - dedilar.
|