ZUXRUF surasi43.11 . O'sha zot osmondan (aniq) o'lchov bilan suv (yomg'ir) yog'dirdi. Bas, Biz u (suv) bilan "o'lik" qishloqlarni "tiriltirdik" (giyohlarni chiqardik). Sizlar ham (Qiyomatda qabrlaringizdan) mana shunday chiqarilursizlar. 43.12 . O'sha zot barcha juftlarni (mavjudotni) yaratdi va sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan ulovlarni (paydo) qildi. 43.13 . Toki sizlar ularning ustiga mingaysizlar, so'ngra unga o'rnashib olgach, Parvardigoringiz ne'matini eslab aytursizlar: "Bizlarga bu (ulov)ni bo'ysundirib qo'ygan zotga tasbeh aytamiz. Bizlar o'zimiz bunga qodir emas edik. 43.14 . Albatta, bizlar (barchamiz) Rabbimiz (huzuri)ga qaytuvchidirmiz". 43.15 . Ular (mushriklar) Unga O'z bandalaridan (farishtalarni) a'zo qildilar. Darhaqiqat, inson aniq noshukurdir. 43.16 . Yoki (Alloh) O'zi yaratadigan narsalardan qizlarni olib, sizlarga o'g'illarni tanlab berdimi?! 43.17 . Qachonki, ularning birortasiga Rahmonga misol qilgan narsa (qiz tug'ilgani) haqida "xushxabar" berilsa, g'azabga to'lib, yuzi qorayib ketar. 43.18 . Zeb-ziynat ichida o'stiriladigan, munozarada (o'z maqsadini) ochiq bayon qila olmaydigan (zaifa)ni-ya! 43.19 . Rahmonning bandalari bo'lmish farishtalarni "qizlar" dedilar. YO ularni (farishtalarni) yaratishga guvoh bo'lganmidilar?! Ularning bu "guvoh"liklari, albatta, yozilur va ular (qiyomat kunida) so'roq qilinurlar. 43.20 . Ular: "Agar Rahmon xohlaganida, bizlar ularga (butlarga) ibodat qilmagan bo'lur edik", - deydilar. Ular uchun bunga (hech qanday) bilim (asos) yo'qdir. Ular faqat yolg'on so'zlamoqdalar.
|