ZUXRUF surasi43.41 . Bas, agar Biz Sizni ketkazsak (vafot ettirsak ham), albatta, Biz ulardan (oxiratda) intiqom oluvchidirmiz. 43.42 . Yoki Biz ularga va'da qilgan narsani (azobni hayotlik chog'ingizdayoq) Sizga ko'rsataylikmi?! Zero, Biz ularga (azob berishga) qodirmiz. 43.43 . Bas, Siz o'zingizga vahiy qilingan narsani (Qur'onni) mahkam ushlang! Albatta, Siz To'g'ri yo'ldadirsiz! 43.44 . Albatta, u (Qur'on) Siz uchun ham, qavmingiz (ummatingiz) uchun ham sharafdir va yaqinda (Qiyomatda) so'ralursizlar. 43.45 . (Ey, Muhammad,) Sizdan ilgari yuborgan payg'ambarlarimizdan so'rab boqing-chi, Rahmondan o'zga ibodat qilinadigan "iloh"lar qilganmikanmiz?! 43.46 . Biz Musoni mo''jizalarimiz bilan Fir'avn va uning zodagonlariga yubordik. Bas, u: "Men (barcha) olamlar Parvardigorining payg'ambaridirman", - dedi. 43.47 . Bas, qachonki, u mo''jizalarimizni ularga keltirganida, ular birdaniga ulardan (mo''jizalardan) kula boshladilar..43. Zuxruf surasi 25-pora 43.48 . Biz ularga qaysi bir mo''jizani ko'rsatsak, albatta, u (o'zidan avvalgi) sherigidan kattaroqdir. Shoyad (imonga) qaytsalar, deb ularni azobga tutdik. 43.49 . Ular mo''jizalarimizni ko'rishgach, Musoga: "Ey, sehrgar, senga bergan va'dasiga binoan Rabbingga bizlar uchun duo qil. (Agar U azoblarni aritsa,) albatta, bizlar hidoyat topuvchidirmiz", - dedilar. 43.50 . Bas, qachonki, Biz ulardan azobni aritsak, nogoh ular (o'z ahdlarini) buza boshlaydilar.
|