SHO`RO surasi



42.41 . Albatta, kimki mazlum bo'lganidan so'ng (zulm qilgan kimsadan) g'olib bo'lsa (intiqom olsa), bas, ular(ni ayblash)ga yo'l yo'qdir.

42.42 . Faqat odamlarga zulm qiladigan va yerda nohaqlik bilan hadlaridan oshadigan kimsalar(ni ayblab jazolash)gagina yo'l bordir. Ana o'shalar uchun alamli azob bordir.

42.43 . Albatta, kimki (aziyatlarga) sabr qilsa va (Alloh uchun) kechirib yuborsa, albatta, bu puxta ishlardandir.

42.44 . Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, unga o'shandan keyin biror (yo'l ko'rsatuvchi) do'st yo'qdir. (Unday) zolimlarning (qiyomat Kuni) azobni ko'rgan vaqtlarida: "(Yana dunyoga) qaytishga biror yo'l bormikan?" - deyayotganlirini ko'rarsiz.

42.45 . Ularning xorlikdan egilgan va (do'zaxga) ko'z qirlari bilan boqqan hollarida unga ko'ndalang qilinayotganlarini ko'rarsiz. Imon keltirgan zotlar: "Albatta, (chin) ziyon ko'ruvchilar qiyomat kunida o'zlariga, ahli (oila)lariga ziyon qilgan kimsalardir", - deydilar. Ogoh bo'lingizkim, (u) zolimlar mangu azobdadirlar.

42.46 . Ularga Allohdan o'zga yordam beradigan hech qanday do'stlar bo'lmas. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun biror (To'g'ri) yo'l yo'qdir.

42.47 . (Ey, insonlar,) Alloh tomonidan hech qaytarib bo'lmaydigan bir kun (qiyomat) kelib qolishidan ilgari Rabbingizga ijobat (itoat) etingiz! U kunda sizlar uchun panoh ham bo'lmas va sizlar uchun (qilmishlaringizni) inkor qilish (imkoni) ham bo'lmas.

42.48 . (Ey, Muhammad,) agar (mushriklar) endi ham (imon keltirishdan) yuz o'girsalar, bas, Biz Sizni ularning ustiga qo'riqchi qilib yuborganimiz yo'q! Sizning zimmangizda faqat (vahiyni) yetkazish bor, xolos. Darhaqiqat, Biz insonga O'z tomonimizdan rahmat (ne'mat)ni tottirgan vaqtimizda u bilan shodlanur, (ammo) agar ularga o'z qo'llari qilgan (gunoh)lari sababli biror yomonlik yetsa, bas, albatta, inson (zoti) noshukrdir.

42.49 . Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga (xos)dir. U O'zi xohlagan narsani yaratur. U O'zi xohlagan kishiga qizlarni hadya etur va O'zi xohlagan kishiga o'g'illarni hadya etur.

42.50 . Yoki ularga o'g'illar va qizlarni qo'shib berur va O'zi xohlagan kishini tug'mas (bepusht) qilib qo'yur. Albatta, U (barcha narsani) biluvchi va (o'zi xohlagan narsani yaratishga) qodirdir.

42.51 . Insonga Alloh (bevosita) so'z qotishi mumkin emas. Faqat vahiy orqali yo parda ortidan yoki elchi (farishta) yuborib, (Allohning) izni bilan u xohlagan narsani vahiy qilishi mumkin. Albatta, U (sha'ni) oliy va hikmatli zotdir.

42.52 . (Ey, Muhammad,) shunday qilib, amrimiz bilan Sizga Ruhni (Qur'onni) vahiy qildik. Siz (bundan) oldin na Kitobni (Qur'onni) va na imonni (mohiyatini) biluvchi edingiz. Lekin Biz uni (Qur'onni) nur qildikki, u bilan bandalarimizdan O'zimiz xohlagan kishilarni hidoyat qilurmiz. Albatta, Siz (vahiy yordamida) To'g'ri yo'lga boshlaysiz.

42.53 . (U) osmonlardagi va yerdagi (bor) narsa O'ziniki bo'lmish Allohning yo'lidir! Ogoh bo'lingizkim, (barcha) ishlar Allohga qaytur!



back 1 2 3 4 5