SHO`RO surasi



42.11 . (U) osmonlar va Yerning ilk yaratuvchisidir. U sizlar uchun o'zlaringizdan bo'lmish juftlarni yaratdi va chorva hayvonlaridan ham juft-juft (yaratdi). U sizlarni o'shanda (juftlikda) ko'paytirur. Uning mislidek biror narsa yo'qdir. U eshituvchi va ko'ruvchidir.

42.12 . Osmonlar va Yer (xazinalarining) ochqichlari Unikidir. U O'zi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va tang qilur. Darhaqiqat, U barcha narsani biluvchidir.

42.13 . (Ey, imon keltirganlar, Alloh) sizlar uchun din bo'yicha Nuhga buyurgan narsani va Biz sizga (Muhammadga) vahiy qilgan narsani, (shuningdek,) Biz Ibrohim, Muso va Isoga buyurgan narsani - shariat qildi: "Dinni barpo qilinglar va unda firqa-firqaga bo'linmangizlar!" (Ey, Muhammad,) mushriklarga Siz da'vat qilayotgan narsa (tavhid) og'irlik qildi. Alloh unga (dinga) O'zi xohlagan kishilarni tanlar va Unga inobat qiladigan kishilarni hidoyat qilur.

42.14 . Ular (o'tgan qavmlar) o'zlariga (bo'linmaslik haqida) bilim (hujjat) kelganidan so'ng o'zaro hasad (adovat) qilishib, firqa-firqa bo'lib ketganlar. Agar Rabbingiz tomonidan belgilangan muddatgacha (qiyomatgacha kechiktirish haqidagi) So'z kechmaganida, albatta, ularning o'rtasi ajrim qilingan bo'lur edi. Albatta, ulardan keyin Kitobga (Tavrot va Injilga) voris qilingan kimsalar (yahudiy va nasroniylar) ham undan (o'z Kitoblaridan) shak-shubhadadirlar.

42.15 . Bas, (ey, Muhammad,) mana shuning uchun da'vat qiling va o'zingizga buyurilganidek, To'g'ri yo'lda bo'ling hamda ularning (mushriklarning) havoyi nafslariga ergashmang va ayting: "Men Alloh nozil qilgan Kitobga imon keltirdim va sizlarning o'rtangizda adolatli bo'lishga buyurildim. Alloh Rabbimiz va Rabbingizdir. Bizlarning amallarimiz o'zimizga, sizlarning amallaringiz o'zlaringizgadir. Bizlar bilan sizlarning o'rtangizda (biror) xusumat yo'qdir. Alloh (qiyomatda) barchamizni jamlar va qaytishlik faqat Uning huzurigadir".

42.16 . Alloh (dini) haqida uni qabul qilinganidan so'ng tortishadigan kishilarning hujjatlari Parvardigor nazdida botil (behuda)dir. Ularga (bu dunyoda) g'azab, (oxiratda esa) qattiq azob bordir.

42.17 . Alloh Haqqoniy Kitobni va tarozi (adolat)ni nozil qilgan zotdir. Qayerdan bilursiz, ehtimol, Qiyomat yaqindir.

42.18 . Unga (Qiyomatga) imon keltirmaydigan kimsalar uni qistagaylar. Imon keltirgan zotlar esa undan qo'rquvchidirlar. Ular uning haq ekanligini bilurlar. Ogoh bo'lingizkim, Qiyomat xususida tortishadigan kimsalar chuqur zalolatdadirlar!

42.19 . Alloh bandalariga mehribondir. U O'zi xohlagan kishilarga (farovon) rizq berur. U kuchli va qudratlidir.

42.20 . Kimki, oxirat ekinini (savobini) istar ekan, Biz unga ekini (hosili)ni ziyoda qilurmiz. Kimki, dunyo ekinini istar ekan, Biz unga o'shandan berurmiz va uning uchun oxiratda nasiba bo'lmas.



back 1 2 3 4 5 next