SHO`RO surasi



42.31 . Sizlar yerda (hech kimni) ojiz qoldiruvchi emassizlar. Sizlar uchun Allohdan o'zga biror do'st ham, yordamchi ham yo'qdir.

42.32 . Dengizdagi tog'lardek suzib yuruvchi (kema)lar ham Uning alomatlaridandir.

42.33 . Agar (Alloh) xohlasa, shamolga taskin berur, bas, ular u (dengiz)ning ustida turib qolurlar. Albatta, bunda har bir (baloga) sabr qiluvchi, (Allohning ne'matlariga) shukr qiluvchi uchun ibratlar bordir.

42.34 . Yoki (kemadagi odamlarni) qilgan gunohlari sababli u (kema)larni halok (g'arq) qilur va ko'plarni (halokatdan qutqarib) afv etur,

42.35 . (toki) oyatlarimiz xususida tortishadigan kimsalar o'zlari uchun (Allohning azobidan) qochib qutuladigan joy yo'q ekanini bilib olsinlar!

42.36 . Bas, (ey, insonlar,) sizlarga ato etilgan narsa(lar) dunyo hayoti matosidir va imon keltirgan hamda yolg'iz Parvardigorlariga suyanadigan zotlar uchun Alloh huzuridagi narsalar (dunyo matolaridan) yaxshiroq va boqiyroqdir.

42.37 . Ular katta gunohlardan va buzuqliklardan chetlanadigan, g'azablangan vaqtlarida esa kechirib yuboradigan zotlardir.

42.38 . Ular Parvardigorlariga ijobat etgan va namozni mukammal ado etgan zotlardir. Ularning ishlari o'zaro maslahat (bilan) bo'lur va Biz ularni rizqlantirgan narsalardan ehson qilurlar.

42.39 . Ular o'zlariga tajovuz qilinganda (unga qarshi kurashib,) g'olib bo'ladigan zotlardir.

42.40 . (Har qanday) yomonlikning jazosi xuddi o'ziga o'xshash yomonlikdir. Bas, kimki afv etib (o'rtani) tuzatsa, bas, uning mukofoti Allohning zimmasidadir. Albatta, U zolimlarni sevmas.



back 1 2 3 4 5 next