SHO`RO surasi42.1 . Ho, Mim. 42.2 . Ayn, Sin, Qof. 42.3 . (Ey, Muhammad,) qudratli va hikmatli Alloh Sizga va Sizdan oldingi (payg'ambar)larga shu tarzda vahiy qilur. 42.4 . Osmonlar va Yerdagi (bor) narsalar Unikidir. U oliy va buyukdir. 42.5 . (Mushriklar shirkidan) ustilaridagi osmonlar yorilib ketishga yaqin qolur. Farishtalar esa, Parvardigorlari hamdi bilan tasbeh ayturlar va yerdagi (mo'min-musulmon)lar uchun (Allohdan) mag'firat so'rarlar. Ogoh bo'lingizkim, albatta, Allohning O'zigina mag'firat qiluvchi va rahmlidir! 42.6 . (Allohni) qo'yib (boshqa) "do'stlar"ni ushlagan (sig'ingan) kimsalar ustidan Alloh kuzatib turuvchidir. (Ey, Muhammad,) Siz ularga vakil (qo'riqchi) emasdursiz. 42.7 . (Barcha) qishloq (shahar)lar onasi (Makka ahlini) va uning atrofidagi kishilarni ogohlantirishingiz uchun va shubhasi yo'q "to'planish Kuni"dan ogohlantirishingiz uchun Biz Sizga mana shunday arabiy Qur'onni vahiy qildik. (U kunda) bir guruh jannatda bo'lsa, bir guruh do'zaxdadir. 42.8 . Agar Alloh xohlaganida, albatta, ularni (insonlarni) bir millat (bir dinda - Islomda) qilgan bo'lur edi. Lekin, U O'zi xohlagan kishilarni O'z rahmatiga (jannatiga) doxil qilur. Zolim (kofir)lar uchun esa, biror do'st va yordamchi yo'qdir. 42.9 . Yoki ular (Allohni) qo'yib (boshqa)larni do'st tutib oldilarmi (o'shalarga sig'inmoqdalarmi)?! (Yo'q,) Allohning O'zigina (chin) do'stdir. U o'liklarni tiriltirur va U barcha narsaga qodirdir. 42.10 . (Ey, Muhammad,) ayting: "Sizlar ixtilof qilgan har bir narsaning hukmi Allohga havoladir. Mana shu Alloh Rabbimdir. Unga tavakkul qildim va Unga iltijo qilurman".
|