SHO`RO surasi



42.21 . Balki ular (mushriklar) uchun dindan Alloh ruxsat etmagan narsalarni - ularga shariat qilib bergan sheriklari (butlari) bordir?! Agar So'z (qiyomatga tayin) bo'lmaganida, albatta, ularning o'rtalarida (shu dunyodayoq) hukm qilingan bo'lur edi. Zolimlar uchun, albatta, alamli azob bordir.

42.22 . (Qiyomat kunida) u zolimlarni o'z qilmishlaridan qo'rqib turgan hollarida ko'rasiz. U (jazo baribir) ularga tushuvchidir! Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar esa jannatlarning boqlarida bo'lishib, ular uchun Parvardigorlari huzurida xohlagan narsalari bordir. Mana shu katta fazlning o'zidir.

42.23 . Allohning imon keltirgan va solih amallarni qilgan bandalariga beradigan xushxabari ana shudir. (Ey, Muhammad,) ayting: "Men sizlardan bu (da'vatim) uchun haq so'ramayman, faqat qarindoshchilikdagi do'stlik (yaqinlik)nigina (so'rayman)". Kimki, biror chiroyli amal qilsa, Biz uning uchun o'sha (amali)da yana husnni ziyoda qilurmiz (ziyoda savob ato eturmiz). Albatta, Alloh mag'firat qiluvchi va yaxshilikni biluvchidir.

42.24 . Yoki ular: "Alloh sha'niga yolg'on to'qidi" deydilarmi?! (Undoq emas,) chunki agar (Siz yolg'on to'qiydigan bo'lsangiz) Alloh xohlasa, dilingizni muhrlab qo'yur. Alloh O'z so'zlari bilan botil (nohaq gaplar)ni yo'q qilur va Haqni haq qilur (ro'yobga chiqarur). Albatta, U dillardagi (sirlar)ni biluvchidir.

42.25 . U bandalaridan tavbani qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va qiladigan ishlaringizni biladigan zotdir.

42.26 . U imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni (duolarini) ijobat qilur va ularga O'z fazlidan ziyoda qilur. Kofirlar uchun esa qattiq azob bordir.

42.27 . Agar Alloh bandalarining rizqlarini keng-mo'l qilib yuborsa, albatta, ular yer yuzida tajovuzkorlikka o'tib ketgan bo'lur edilar. Lekin, U O'zi xohlaganicha o'lchov bilan (rizq) tushirur. Albatta, U bandalaridan xabardor va ko'rib turuvchidir.

42.28 . U (odamlar) umidsizlikka tushganlaridan keyin yomg'ir Ñ‘g'diradigan va O'z rahmat (barakot)ini keng yoyadigan zotdir. U do'st va hamd egasidir.

42.29 . Osmonlar va Yerning yaratilishi hamda (Alloh) tarqatib yuborgan ulardagi jonivorlar Uning alomatlaridandir. U O'zi xohlagan vaqtida ularni yig'ib olishga qodirdir.

42.30 . (Ey, insonlar,) sizlarga ne musibat yetsa, bas, o'z qo'llaringiz qilgan narsa (gunoh) sabablidir. Yana U ko'p (gunohlar)ni afv etib turur.



back 1 2 3 4 5 next