YOSIN surasi36.51 . (Qiyomat kuni) sur chalinishi bilan birdaniga ular qabrlaridan Parvardigorlari sari sug'urilib chiqurlar. 36.52 . Ular: "Holimizga voy! Kim bizlarni uxlayotgan joyimizdan o'yg'otdi?" - deganlarida, (ularga aytilur): "Mana shu Rahmon va'da qilgan va payg'ambarlar so'zlagan rost narsa (qiyomat)dir". 36.53 . Faqatgina bir qichqiriq, bas, darhol ularning barchalari Bizning dargohimizda hozir qilinuvchidirlar. 36.54 . Mana bugun hech bir jonga zulm qilinmas va sizlar faqat o'zlaringiz qilib o'tgan amallaringizga qarab taqdirlanursizlar. 36.55 . Albatta, jannat ahli bu Kunda (rohat va farog'at) ish(lari) bilan shoddirlar. 36.56 . Ular o'z juftlari bilan birga soyalarda, so'rilarda suyanib o'tirurlar. 36.57 . Ularga u joyda (turli) mevalar va ular uchun istagan narsalari mavjuddir. 36.58 . (Ularga) rahmli Parvardigor (tomoni)dan salom (aytilur). 36.59 . Ey, jinoyatchilar, bu Kunda, endi (mo'minlardan) ajralinglar! 36.60 . Men sizlarga tavsiya qilib: "Ey, Odam bolalari, shaytonga ibodat (itoat) qilmangiz, chunki, u sizlarga ochiq dushmandir.
|