YOSIN surasi36.21 . O'zlari hidoyatda bo'lgan va sizlardan haq so'ramaydigan zotlarga ergashinglar!" 36.22 . (U yana aytdi): "Nega men o'zimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin? (Sizlar ham) Ungagina qaytarilursizlar. 36.23 . Men Undan O'zgalarni iloh qilib olaymi?! (Holbuki), agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni istasa, u ("iloh")larning shafoatlari menga biror foyda bera olmas va ular meni (azobdan) qutqara olmaslar. 36.24 . U holda men, albatta, aniq zalolatda bo'lurman-ku! 36.25 . Haqiqatan, men Rabbingizga imon keltirganman, meni eshitib qo'yingiz!" 36.26 . (So'zlariga boqmay uni qatl qilishgach, unga) "Jannatga kir",- deyildi. (U joydagi noz-ne'mat va izzat-ikromni ko'rgach), u aytdi: "Qani edi qavmim bilsalar. 36.27 . Rabbimning meni mag'firat etganini va meni mukarram kishilardan qilganini". 36.28 . Biz undan (Habib an-Najjor qatlidan) keyin uning qavmi ustiga osmondan biror qo'shin (azob farishtalarini) tushirmadik. Biz (shoshilinch) tushiruvchi emasmiz. 36.29 . Faqat birgina dahshatli qichqiriq bo'ldi-yu, birdaniga ular "o'chib" qoldilar. 36.30 . Bandalarga hasrat (nadomat) bo'lgayki, ularga payg'ambar kelishi bilan uni masxara qiluvchi bo'ldilar.
|