YOSIN surasi36.41 . Biz ularning zurriyotlarini (Nuh payg'ambar yasagan) to'la kemada ko'targanimiz (va to'fondan qutqarganimiz) ular uchun (qudratimizdan yana bir) alomatdir. 36.42 . Yana Biz ularga xuddi o'sha (kemaga) o'xshash (ot, tuya kabi) minadigan narsalarni ham yaratdik. 36.43 . Agar Biz xohlasak, ularni g'arq qilurmiz-da, so'ng ular uchun biror yordamchi bo'lmas va ular qutqarilmaslar ham. 36.44 . Faqat Biz tomondan bo'lgan marhamat sababli va (ma'lum) bir vaqtgacha (hayotdan) bahramand bo'lishlari uchun (muhlat berilur). 36.45 . Qachonki, ularga: "Rahmatga erishishlaringiz uchun oldilaringizdagi (oxirat)dan va ortingizdagi (dunyo)dan qo'rqinglar",- deyilsa, (quloq solmaslar). 36.46 . Ularga Parvardigorlarining oyatlaridan biror oyat kelsa, albatta, ular (o'sha oyatdan) yuz o'giruvchi bo'lurlar. 36.47 . Qachonki, ularga: "Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilinglar", - deyilsa, kofir bo'lgan kimsalar imon keltirgan zotlarga (istehzo bilan): "Agar Alloh xohlasa, O'zi oziqlantiradigan kishilarga bizlar taom berurmizmi? Sizlar, shubhasiz, aniq zalolatdadirsizlar", - derlar. 36.48 . Yana ular: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar (aytinglar-chi), mana shu va'da (azob) qachon bo'ladi?" - derlar. 36.49 . Ular janjallashib turganlarida, ularni tutuvchi birgina qichqiriqni kutmoqdalar, xolos. 36.50 . Bas, ular na biror vasiyat qilishga va na (oila) ahliga qaytishga qodir bo'lurlar.
|