YOSIN surasi36.1 . Yo, Sin. 36.2 . (Ey, Muhammad, ushbu) hikmatli Qur'onga qasamki, 36.3 . haqiqatan, Siz payg'ambarlardandirsiz! 36.4 . (Siz) To'g'ri yo'ldadirsiz. 36.5 . (Bu Qur'on) qudratli va rahmli (Alloh)ning nozil qilgan (Kitob)idir, 36.6 . toki ota-bobolari ogohlantirilmay, g'ofil bo'lib qolgan qavmni ogohlantirgaysiz. 36.7 . Ularning ko'plariga So'z (azob haqidagi hukm) muqarrar bo'lgandir. Bas, ular imon keltirmaslar. 36.8 . Darhaqiqat, Biz ularning bo'yinlariga, to iyaklarigacha kishanlarni solib qo'ydik, bas, ular kekkayuvchilardir. 36.9 . Yana ularning oldilaridan bir to'siq (parda), ortlaridan bir to'siq (parda) qilib, ularni o'rab qo'ydik. Bas ular "ko'ra" olmaslar. 36.10 . (Ey, Muhammad,) Siz ularni ogohlantirdingizmi yoki ogohlantirmadingizmi – ularga barobardir - imon keltirmaslar.
|