Meryem surasi19.80 . U aytayotgan (mol-mulk)ni (Biz) meros olurmiz va u huzurimizga yolg'iz holda kelur. 19.81 . Ular (Makka mushriklari) Allohni qo'yib, o'zlariga madad bo'lishi uchun "ilohlar" tutdilar. 19.82 . Yo'q! (Qiyomat kuni butlari) ular qilgan ibodatlarni inkor qilurlar va ularga zid bo'lurlar. 19.83 . (Ey, Muhammad,) Biz kofirlarga ularni (gunoh ishlariga) qo'zg'atadigan shaytonlarni yuborganimizni ko'rmadingizmi?! 19.84 . Bas, Siz ularga shoshqaloqlik qilmang! Albatta, Biz ularni (gunohlarini) aniq hisoblab tururmiz. 19.85 . Taqvodorlarni Biz suvora hollarida Rahmon dargohiga to'playdigan, 19.86 . jinoyatchi-kofirlarni esa, Biz jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)! 19.87 . (U kunda) faqat Rahmon nazdida ahd (izn) olgan kishilargina shafoat qilishga ega bo'lurlar. 19.88 . (Mushriklar): "Rahmon farzand tutdi", - dedilar. 19.89 . (Ey, mushriklar,) sizlar shunday og'ir gap aytingizki,
|