Meryem surasi19.1 . Kof, Ho, Yo, Ayn, Sod. 19.2 . (E y, Muhammad! Bu) Rabbingiz O'z bandasi Zakariyoga qilgan marhamatining zikri (qissasi)dir. 19.3 . Qachonki, u Parvardigoriga xufyona duo qilib, 19.4 . degan edi: "Ey, Rabbim, darhaqiqat, mening suyaklarim mo'rtlashdi, keksalikdan boshim (sochim) oqardi. Ey, Rabbim, men senga duo qilib (hech qachon) baxtsiz bo'lgan emasman. 19.5 . Meni ortimda qoladigan qarindoshlarim (dinni zoye qilib yuborishlari)dan xavfdaman. Xotinim esa tug'mas bo'lib qolgan. Endi Sen O'z dargohingdan menga bir do'st (farzand) ber. 19.6 . U menga va (bobom) Ya'qub xonadoniga merosxo'r bo'lsin va undan barchani rozi qilgin". 19.7 . (Alloh aytdi): "Ey, Zakariyo, Biz senga bir farzand xushxabarini berurmizki, uning ismi Yahyo bo'lib, ilgari unga biror (kimsani) hamnom qilgan emasmiz". 19.8 . (Zakariyo) dedi: "Ey, Rabbim! Xotinim tug'mas bo'lib qolgan, o'zim esa keksalikni notavon holatiga yetib qolgan bo'lsam, menga farzand qayoqdan bo'lsin?" 19.9 . (Alloh) aytdi: "Shunday. Rabbing ayturki, bu (ish) Menga osondir. (Axir) Men seni ilgari hech narsa bo'lmagan paytingda (ham) yaratgan edim-ku!"
|