Meryem surasi19.40 . Albatta, Biz O'zimiz bu Yerni va undagi bor jonzotni meros qilib olurmiz va faqat Bizgagina qaytarilurlar. 19.41 . (Ey, Muhammad,) Kitobda Ibrohim (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u juda sadoqatli payg'ambar edi. 19.42 . Qaysiki, u otasiga: "Ey, ota! Nega sen eshitmaydigan, ko'rmaydigan va senga biror foyda yetkaza olmaydigan narsaga ibodat qilursan? 19.43 . Ey, ota! Darhaqiqat, senga kelmagan ilm menga keldi. Bas, menga ergashgin, seni to'g'ri yo'lga hidoyat qilurman. 19.44 . Ey, ota! Shaytonga ibodat qilmagin! Chunki shayton Rahmonga itoatsiz bo'lgan. 19.45 . Ey, ota! Haqiqatan, men senga Rahmon (tomoni)dan azob yetib, (do'zaxda) shaytonga yaqin bo'lib qolishingdan qo'rqaman", - dedi. 19.46 . (Otasi) aytdi: "Sen mening ilohlarimdan yuz o'giruvchimisan, ey, Ibrohim?! Qasamki, agar sen (bu ishingdan) qaytmasang, albatta, seni toshbo'ron qilurman va (yoki) meni bir zamon tark et!" 19.47 . (Ibrohim): "Omon bo'l! Endi Rabbimdan senga kechirim so'rayman. Zero, U menga mehribon zotdir. 19.48 . Men sizlardan ham, Allohni qo'yib iltijo qilayotgan (but)laringizdan ham chetlanurman va (yolg'iz) Rabbimga iltijo qilurman. Rabbimga iltijo qilish bilan baxtsiz bo'lib qolmasman, degan umiddaman". 19.49 . Bas, (Ibrohim) ulardan va Allohni qo'yib sig'inayotgan butlaridan chetlangach, (Biz) unga (farzand va nabira) Ishoq va Ya'qubni berdik va barchalarini payg'ambar qildik.
|