Meryem surasi19.20 . (Maryam) dedi: "Menga odamzot "tegmagan" bo'lsa, buzuq ayol ham bo'lmasam, menga qayoqdan farzand bo'lsin?!" 19.21 . (Jabroil) aytdi: "Shunday. Rabbing ayturki, bu (ish) Menga osondir. Biz u (bolani) odamlar uchun mo''jiza va O'z tomonimizdan bo'lgan rahmat (manbai) qilurmiz. Bu bitgan ishdir". 19.22 . Bas, (Maryam) unga homilador bo'lib, u bilan birga yiroq bir joyga ketdi. 19.23 . Bas, to'lg'oq dardi uni bir xurmo daraxti tubiga olib bordi va u dedi: "Qani edi, mana shu (kun)dan oldin o'lib, butunlay unutilib ketgan bo'lsam". 19.24 . Shunda (xurmo daraxtining) ostidan (Jabroil) nido qildi: "G'amgin bo'lma, Rabbing (oyoq) ostingdan bir ariq oqizib qo'ydi. 19.25 . (Mana shu qurib qolgan) xurmo shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini to'kar. 19.26 . Endi, yeb-ichgin va shod bo'lgin. Bas, agar odamzotdan birortasini ko'rib qolsang (va u savol so'rasa) u holda: "Men Rahmon (roziligi) uchun ro'za tutishni nazr (ahd) qilganman, bas, bugun biror insonga so'zlamayman", degin! 19.27 . So'ng (Maryam bolasini) ko'targan holda qavmiga kelganida ular: "Ey, Maryam! Sen qiziq ish qilibsan-ku! 19.28 . Ey, Horunning singlisi, sening otang yomon odam emas, onang ham fohisha emas ediku!" - dedilar. 19.29 . Shunda (Maryam o'zi gapirmay, bolasiga) ishora qildi. Ular aytdilar: "Beshikdagi go'dak bilan qanday so'zlashurmiz?!"
|