KAHF surasi18.61 . Qachonki, u ikkisi (ikki dengiz) qo'shiladigan yerga yetishgach, baliqlarini unutdilar. Bas, u (baliq) dengiz qa'riga yo'l oldi. 18.62 . Bas, qachonki (u yerdan) o'tishgach, (Muso) yigitiga: "Nonushtamizni keltir, haqiqatan, bu safarimizdan juda charchadik", - dedi. 18.63 . U (xizmatkor) aytdi: "Buni ko'ring, biz (dengiz sohilidagi) qoyaga borib (orom olgan) paytimizda, men baliqni unutibman. (Buni sizga) aytishni faqat shayton yodimdan chiqardi. U (baliq) dengizga ajib (yo'sinda) yo'l olganedi". 18.64 . (Muso) dedi: "Mana shu biz istagan narsadir". So'ng (Xizrni) qidirib, izlariga qaytdilar. 18.65 . Bas, bandalarimizdan bir bandani (Xizrni) topdilarki, Biz unga O'z dargohimizdan rahmat ato etgan va O'z huzurimizdan ilm bergan edik. 18.66 . Muso unga: "Senga bildirilgan bilimdan, menga ham to'g'ri yo'lni ta'lim berishing uchun senga ergashsam maylimi?" - dedi. 18.67 . U (Xizr) aytdi: "Aniqki, sen men bilan birga (ilm muammolariga) sabr qila olmaysan. 18.68 . (Zotan) o'zing egallab xabardor bo'lmagan narsaga qanday sabr qilursan?!" 18.69 . (Muso) dedi: "Inshoalloh, sen mening sabrli ekanimni ko'rursan. Men biror ishda senga itoatsizlik qilmasman". 18.70 . U (Xizr) aytdi: "Bas, agar menga ergashsang, to o'zim senga aytmagunimcha, biror narsa haqida mendan so'ramagin!"
|