KAHF surasi18.91 . (Uning ishi) shunaqa. Albatta, Biz uning huzuridagi ilmlarni ihota qilib olganmiz. 18.92 . So'ngra, u yana yo'l oldi. 18.93 . To (ketayotib) ikki tog' o'rtasiga yetib kelgach, u (tog'lar ortida) gapni sira anglamaydigan qavmni uchratdi. 18.94 . Ular: "Ey, Zul-qarnayn, albatta, (shu tog'lar ortidagi) Ya'juj va Ma'juj (qabilalari) Yer yuzida buzg'unchilik qiluvchilardir. Bizlar senga bir (miqdor) haq to'lasak, biz bilan ularning o'rtasiga bir to'g'on qurib berurmisan?" - dedilar. 18.95 . U (Zul-qarnayn) aytdi: "Rabbimning menga ato etgani (ne'matlari) sizlar beradigan (mol-dunyodan) yaxshiroqdir. Bas, sizlar menga kuch-quvvat bilan yordam beringlar, men sizlar bilan ularning o'rtasiga bir devor bino qilay. 18.96 . Sizlar menga temir parchalarini keltiringlar. To (parchalar) ikkala tog' yonbag'irlari bilan barobar bo'lgach, dam uringlar" - dedi. Bas, qachon u (temir-tersaklarni qizdirib) o't qilgach (eritgach), dedi: "Menga eritilgan mis (ham) keltiringlar, u (temir parchalari)ning ustidan quyurman. 18.97 . Endi ular (Ya'juj va Ma'juj) u (to'siq)ning ustiga chiqishga ham, uni teshib o'tishga ham qodir emaslar. 18.98 . "Bu Rabbim (tomoni)dan bo'lmish bir marhamatdir. Endi, qachonki, Rabbimning (Ya'juj va Ma'juj chiqadi, deb) va'da qilgan vaqt kelganida (Qiyomat oldidan), O'zi u (to'siq)ni tep-tekis qilib qo'yar. Rabbimning va'dasi haqdir", - dedi u. 18.99 . U Kunda (Qiyomatda, odamlarni) bir-birlariga aralashtirib tashlaymiz. Sur(nay) chalingach, ularning barchalarini to'playmiz. 18.100 . U Kunda kofirlarga jahannamni namoyish qilurmiz.
|