IBROHIM surasi14.41 . Ey, Rabbimiz! Hisob (-kitob) qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo'minlarni mag'firat qilgin!" 14.42 . (Ey, Muhammad,) Siz zinhor zolim kimsalarning qilayotgan ishlaridan Allohni g'ofil, deb hisoblamang! Faqat Alloh ularni (jazolashni) ko'zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo'rqinchli) kunga qoldirmoqda, xolos. 14.43 . (U kuni) ular boshlarini (osmonga) ko'targan va (chorlangan tomonga) yugurgan holda (bo'lurlar). Ko'zlari (qotganicha) o'zlariga qaytmaydi. Yuraklari (dahshatdan) bo'm-bo'sh bo'lib qolur. 14.44 . (Ey, Muhammad,) odamlarni ogohlantirib qo'yingki, ularga azob keladigan kuni (qiyomatda) zulm qilganlar: "Ey, Rabbimiz! Bizlarga ozgina muhlat bergin, Sening da'vatinga ijobat qilurmiz va payg'ambarlarga ergashurmiz", - deydilar. (Ularga shunday javob qilinur): "Ilgari (yorug' dunyoda) zavolga yuz tutmasligingiz (o'lmasligingiz) haqida qasam ichgan emasmidingiz?! 14.45 . Sizlar o'zlariga zulm qilganlarning maskanlariga (o'lganlaridan keyin) joylashgan edingizlar. Ularni qanday (halok) qilganimiz ham sizlarga aniq bo'lgan edi. Biz sizlar uchun misollar ham keltirgan edik." 14.46 . Darhaqiqat, ular (Makka mushriklari) o'zlarining makrlarini qildilar. (Lekin) agar ularning makrlari sababli tog'lar yemirilib ketadigan bo'lsa-da, ularning (bu) makrlari Alloh huzurida (ma'lum)dir. 14.47 . (Ey, Muhammad), Allohni o'z payg'ambarlariga beradigan va'dasiga xilof qiluvchi, deb hisoblamang! Albatta, Alloh qudratli va intiqom (o'ch) oluvchidir. 14.48 . Bu Yer boshqa Yerga va osmonlar (o'zga osmonlarga) almashtiriladigan hamda (barcha odamlar) yolg'iz va g'olib Allohga ro'baro' bo'ladigan Kunda (qiyomatda intiqom oluvchi)dir. 14.49 . (Ey,Muhammad,) o'sha kuni jinoyatchilarni kishanlar bilan bog'langan hollarida ko'rursiz. 14.50 . Ularning kiyimlari qora moydan bo'lib, yuzlarini olov o'rab olur. 14.51 . Alloh har bir jonga qilmishiga yarasha jazo berish uchun (shunday qilur). Albatta, Alloh tez hisob (-kitob) qiluvchidir. 14.52 . Bu (oyatlar) odamlar ogohlantirilishlari va (Alloh) yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari eslatma olishla
|