IBROHIM surasi



14.11 .Payg'ambarlar ularga aytdilar: "(Ha), biz xuddi sizlarga o'xshagan odamlarmiz, lekin Alloh o'zi xohlagan bandalariga (payg'ambarlik) in'om qilur. Biz sizlarga Allohning irodasisiz biror hujjat keltira olmaymiz. Imon keltirganlar Allohgagina tavakkul qilsinlar!

14.12 . Bizni (to'g'ri) yo'limizga hidoyat qilgan Allohga nechun tavakkul qilmaylik?! Albatta, biz sizlar yetkazgan aziyatlarga sabr qilurmiz! Tavakkul qiluvchilar Allohgagina tavakkul qilsinlar!"

14.13 . Kufr yo'lidagi kimsalar o'z payg'ambarlariga: "Albatta, biz sizlarni yerimizdan (haydab) chiqarurmiz yoki sizlar bizning dinimizga qaytursizlar", - dedilar. Shunda Parvardigorlari ularga ( payg'ambarlarga): "Albatta, Biz zolimlarni halok qilurmiz.

14.14 . Ulardan so'ng (shu) yerga sizlarni joylashtirurmiz. Bu (va'da) Mening huzurimda (hisobot uchun) turishdan qo'rquvchi va Mening ogohlantirishimdan xavf qiluvchi kishilar uchundir",- deb vahiy yubordi.

14.15 .(So'ngra payg'ambarlar Allohdan) madad tilaydilar va har bir jabr va sarkashlik egasi umidsiz bo'lur.

14.16 . Uning ro'parasida jahannam turar. (Jahannamda) unga yiring suvidan berilur.

14.17 . Uni yutmoqchi bo'ladi-yu, (tomog'idan) o'tkaza olmas, unga har tomondan o'lim keladi-yu, u o'la olmas. Uning ortida (bundan ham) og'ir azob bordir.

14.18 . Parvardigorlariga kofir bo'lganlarning amallari bamisoli bo'ronli kunda qattiq shamol uchirib ketgan kuldir - ular qilgan amallaridan biror narsaga ega bo'la olmaydilar. Bu o'ta gumrohlikdir.

14.19 . (Ey, inson), Alloh osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratib qo'yganini ko'rmadingmi?! Agar u xohlasa sizlarni ketkazib, (o'rningizga) yangi xalqni keltirur.

14.20 . Bu (ish) Alloh uchun qiyin emasdir.



back 1 2 3 4 5 next