Mahdaviyyat haqida ma`lumot Hazrat Muso (a.s)ning asolarining yana bir xususiyati shuki, u ajdahoga aylanishi mumkin (kerak paytda). 5 – savol : Agar haqiqatan ham imom Mahdi bor bo`lsalar nima uchun u kishiga iymon keltirganlar kamchilikni tashkil qiladi? Javob : Avvalo shuni aytib o`tish kerakki, biron narsaga e`tiqod qilishda ko`pchilik yoki kamchilik bo`lish faqat imom Mahdi bilan bog`liq masalalardagina emas, balki ko`pgina boshqa masalalarda ham bo`lishi mumkin. Biron taraf e`tiqodining to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini tarafdorlarining soni emas, balki aqliy va naqliy dalillargina belgilaydi. Masalan agar qayta tirilish masalasini oladigan bo`lsak, unga etiqod qiluvchilar kamchilikni tashkil etadi, biz shunga asoslanib “qayta tirilish yo`q, chunki ko`pchilik unga iymon keltirmagandir†deb ayta olmaymiz-ku?! Qayta tirilish haqida yetarli aqliy va naqliy dalillar bordir va bu iymon keltirishimizni taqozo etadi. Shunga o`xshab hazrat Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) haqlaridagi bahslar ham aniq dalillarga asoslangan bo`lib, unga iymon keltirganlarning soni kam ekanligi uni inkor qilishga dalil bo`la olmaydi. 6 – savol : Imom Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) qaysi tilda gaplashadilar? Javob : Imom Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) butun yer yuzidagi odamlar uchun hujjat qilib yuborilganliklari sababli qaysi qavm bilan ro`para kelsalar usha qavmning tilida so`zlasha olish qobiliyatlari bordir. Abi Jorud imom Boqirdan rivoyat qilib aytadi: Men imomdan – qanday xususiyatlar imom Mahdiga xosdir?- deb so`radim. Shunda ul zot bunday deb javob berdilar : U hamma so`ralgan savollarga javob berur, ertaga nima ish bo`lishidan ogohlantirur, odamlar bilan hamma tillarda so`zlasha olur, - dedilar. 7 – savol : Imom Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!)da hazrat payg`ambarimiz (S.A.O.V) va hazrat Ali (a.s) ning qanday nishonalari bordir? Javob : Imom Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!)ning qo`llarida quyidagi ashyolar bordir :
|