Mahdaviyyat haqida ma`lumot4- savol: O`tgan anbiyolardan qolgan hazrat Mahdi(Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) qo`llariga yetib kelgan meroslari bormi? Javob: ha, hazrat Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) 1- hazrat Odam (a.s)ning tobutlarini Tabariyya daryosidan chiqarib oladilar, shunda hazrat Odam (a.s)ning jasadlari yangidek turganligi ma`lum bo`ladi, 2 - hazrat hazrat Muso (a.s)dan asolarini Antokiya g`oridan oladilar va u bilan Hazrat Muso (a.s) Fir`avnga qilgan ishlarini bajaradilar; 3 – hazrat Muso (a.s) ning hajarlari (ya`ni toshlari); bu toshni hazrat Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) Makkadan harakat qilganlarida o`zlari bilan olib yuradilar va to Kufagacha bo`lgan masofada har to`xtaganlarida toshga ursalar undan chashma otilib chiqadi. Hazratning ashoblari bu chashmadan ichadilar natijada tashnalik va ochlikdan qutuladilar. 4 - Tavrot, Injil va boshqa samoviy kitoblar; imom Boqir (a.s)ning aytishlaricha , hazrat Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) Antokiya g`oridan haqiqiy Tavrot, Injil va boshqa samoviy kitoblarini chiqarib, so`ng ahli Tavrot uchun Tavrotdan, nasroniylar uchun Injildan, ahli Zabur uchun Zaburdan chiqarib hukm qiladilar. 5 – hazrat Muso (a.s)ning Lavhlari; bu Lavhni hazrat Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) Yamanga ketaverishdagi katta toshning ostidan oladilar. 6 – hazrat Yusuf (a.s)ning ko`ylaklari; bu ko`ylakni Jabroil (a.s) hazrat Ibrohim (a.s) olovga otilganlarida keltirib bergan edi, so`ng hazrat Ibrohim (a.s) bu ko`ylakdan tirsakni bog`laydigan yasab uni hazrat Ishoq (a.s)ga, ul zot esa Ya`qub (a.s)ga, ular esa hazrat Yusuf (a.s)ga bergan edilar. Koylakning shunday xususiyati borki, unga olovning ta`siri o`tmaydi . 7 – hazrat Sulaymon (a.s)ning yzuklari , bu uzukni hazrat Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) barmoqlariga taqqanlarida atroflariga barcha jinlar, hayvonlar va qushlar to`planajaklar.
|