Mahdaviyyat haqida ma`lumot



Kimda kim Mahdining chiqishiga iymon keltirmasa Muhammadga tushgan narsaga kofir bo`libdi, va kimki, Isoning nozil bo`lishiga iymon keltirmasa, kufr qilibdi.

Bu sahifada biz sizlarni iymon ruknlaridan biri hisoblanmish hazrat Imom Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) haqlaridagi ma`lumotlar bilan tanishtirmoqchimiz. Umuman olganda hazrat Mahdi bilan bog`liq har qanday masalalarni qisqa qilib “Mahdaviyat” deb ataladi. Shuning uchun biz sahifamizni “Mahdaviyat haqida ma`lumotlar” deb atadik.  Suhbatimiz qiziqzrli bo`lishi uchun sizning yo`llagan savollaringizga javob berish  tariqasini ma`qul topdik.

1-savol:

 Hazrat imom Mahdining siyrati qanday?

Javob:  Abu Said Xudriy Rasululloh (S.A.O.V)dan naql qiladiki, ul zot bunday dedilar:  Mahdi bizdan bo`lib, peshonasi keng, qirra burun , burnining o`rtasida biroz egriligi (arablarga xos) bor, u yer yuzini zulm va sitam bilan to`lganda adolatga to`ldiradi, u yetti yil hukumat qiladi. Uning payvasta qoshli, zebo yuzli bug`doy rangdir.

2- savol: Hazrat Mahdining ismlari  nimadir?

Javob: Imom Mahdi  (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!)ning ismlari bobokalonlari hazrat Rasuli akramning ismlari bilan bir xildir, ya`ni M U H A M M A D dir, lekin ulamolar fitnaning oldini olish uchun ul hazratni ismlari bilan atashdan man` qilishgandir, shuning uchun faqat laqablari bilan ataymiz.

3 – savol : ul zotning laqablari nimadir?

Javob:  Ma`sumlardan yetib kelgan rivoyatlarga asosan, imom Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!)ning laqablari bir nechta bo`lib ular quyidagilardir:

Mahdi; Qoim; Muntazar; Sohib azzamon; Sohibud dor; xalafu solih; Hujjatulloh; Baqiyatulloh; Valiyal asr; Sohibul amr; Abo solih; Alhujjat min Oli Muhammad; Sohibul g`iyba; Sohibu ruj`a; Sohibun nohiya; Sohibul asr; Sohibu davlati Zahro; Sohibu kurrotal bayzo; Xotamul aimma; Xotamul avsiyo; baladul amin;



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 next