Mahdaviyyat haqida ma`lumot



Kunyalari:  Abo Solih, Abul Qosim, Abu Ja`far, Abu Abdullohdir.

4- savol: O`tgan anbiyolardan qolgan  hazrat Mahdi(Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) qo`llariga yetib kelgan meroslari bormi?

Javob: ha, hazrat Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!)

 1- hazrat Odam (a.s)ning tobutlarini Tabariyya daryosidan chiqarib oladilar, shunda hazrat Odam (a.s)ning jasadlari yangidek turganligi ma`lum bo`ladi,

 2 - hazrat hazrat Muso (a.s)dan asolarini Antokiya g`oridan oladilar va u bilan Hazrat Muso (a.s) Fir`avnga qilgan ishlarini bajaradilar;

3 – hazrat Muso (a.s) ning hajarlari (ya`ni toshlari); bu toshni hazrat Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) Makkadan harakat qilganlarida o`zlari bilan olib yuradilar va to Kufagacha bo`lgan masofada har to`xtaganlarida toshga ursalar  undan chashma otilib chiqadi. Hazratning ashoblari bu chashmadan ichadilar natijada  tashnalik va ochlikdan qutuladilar.

4 -  Tavrot, Injil va boshqa samoviy kitoblar; imom Boqir (a.s)ning aytishlaricha , hazrat Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) Antokiya g`oridan haqiqiy Tavrot, Injil va boshqa samoviy kitoblarini chiqarib, so`ng ahli Tavrot uchun Tavrotdan, nasroniylar uchun Injildan, ahli Zabur uchun Zaburdan chiqarib hukm qiladilar.

5 – hazrat Muso (a.s)ning Lavhlari; bu Lavhni hazrat Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) Yamanga ketaverishdagi katta toshning ostidan oladilar.

6 – hazrat Yusuf (a.s)ning ko`ylaklari; bu ko`ylakni Jabroil (a.s) hazrat Ibrohim (a.s) olovga otilganlarida keltirib bergan edi, so`ng hazrat Ibrohim (a.s) bu ko`ylakdan tirsakni bog`laydigan yasab uni hazrat Ishoq (a.s)ga, ul zot esa Ya`qub (a.s)ga, ular esa hazrat Yusuf (a.s)ga bergan edilar. Koylakning shunday xususiyati borki, unga olovning ta`siri o`tmaydi .

7 – hazrat Sulaymon (a.s)ning yzuklari , bu uzukni hazrat Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) barmoqlariga taqqanlarida atroflariga barcha jinlar, hayvonlar va qushlar to`planajaklar.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 next