Mahdaviyyat haqida ma`lumot



11.  Ya`fur eshagi ;

12.  Hazrat Ali (a.s)ning “zulfiqor” shamshirlari ;

13.  Hazrat Ali (a.s)ning Mushafi (ya`ni ul zot o`zlari qo`llari bilan yozgan Qur`oni Karim kitobi) ;

14.  Rasululloh (S.A.O.V) ning imom Mahdiga  qilgan ahdnomalari.  Hazrat Mahdi bani Umayya va boshqa ko`plab noravo odamlarni o`ldirganlarida “bu o`l-dirishlar kimning farmoniga binoan amalga oshirildi ?” deyilganda imom Mahdi mana shu ahdnomani ko`rsatadilar.

8 – savol  :  Imom Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!) bilan qanday qilib muloqot qilishimiz mumkin ?

Javob  :  Bu savol hamisha musulmonlarni qiziqtirib kelgandir. Ulamolar ham hamma qiziqib so`raganlarning o`ziga qarab javob berishgan, ya`ni turli tavsiyalar berganlarki benatija bo`lmagan. Lekin hamma uchun umumiy qilib quyidagini aytish mumkin. Shu narsaga ishonish kerakki, hazrat Mahdi (Alloh zuhurlarini tezlashtirsin) bordirlar , ul zot ko`zdan g`oyibdadirlar, lekin buning ma`nosi “ul zotni ko`rish mumkin emasdir” degani emas. Ammo bu zotni ko`rish uchun bir yerga kirib olib mukka tushib duo o`qib o`tirish kerak emas, balki agar shu ish ma`qul bo`lsa ,  (ya`ni ko`rishish kerak bo`ladigan bo`l-sa ) maxsus sharoitda  shu ish bo`ladi. 

9 –savol  :  Imom Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini yaqinlashtirsin!)ga iymon keltirmaganlarning hukmi qanday bo`ladi ?

Javob :   bu savolning javobida hazrat Rasuli akram (S.A.O.V)dan bir hadis keltirmoqchimiz.

من انکر خروج المهدی فقد کفر ما انزل علی محمد و من انکر نزول عيسی فقد کفر

Man ankara xuruja alMahdi faqod kafara mo unzila alo Muhammad, va man ankara nuzula Iso faqod kafara.

Kimda kim Mahdining chiqishiga iymon keltirmasa Muhammadga tushgan narsaga kofir bo`libdi, va kimki, Isoning nozil bo`lishiga iymon keltirmasa, kufr qilibdi.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10