Hazrat Fotimai Zahro(A.S)(2)shunda ularning yetakchisi shunday dedi : "Agar Muhammad ertaga o`z oilasi bilan kelsa, demak, biz mubohilaga rozi bo`lmaymiz. lekin agar sahobalari bilan kelsa, mubohilada qatnashamiz, chunki bu holda u haqiqiy payg`ambar emasligi ma`lim bo`ladi" Ertasi kuni Rasullulloh Ali, Fotima , Hasan va Husaynlar bilan birga belgilangan yerga keldilar, va ularga "men duo aytganimda "omin " deb turinglar"-deb ta`kidladilar. Nasroniylar Rasulullohning hamrohlari,AHLI_BAYTlari" ekanligini ko`rib qo`rqib ketishdi, chunki ularning tutgan yo`llari, o`tgan payg`anbarlar tutgan yo`li kabi edi, ular chindan ham "mubohila " qilmaslikni va sulh tuzishni taklif etdilar. Fotima onamiz mubohilada qatnashgan 5 kishidan biri edilar , bu ularnining yuksak ma`naviyatlaridan dalolat beradi, undan tashqari, mubohila ishtirokchilari Payg`ambar - ahli baytlari, bu - Ali, Fotima, Hasan va Husayn ekanliklarini aniq namoyon qildi. SHAHODATLARI Rasululloh rihlatlaridan so`ng turli qiyinchiliklar va norohatliklar Fotimaga azob berar edi. Bir yoqdan otadan ayriliq musibati, boshqa yoqdan esa, fitnalar girdobi.
|