Hazrat Fotimai Zahro(A.S)(2)Islom dushmanlari Rasulullohga ozor berayotgan bir paytda Fotima otasining ovunchog`i bo`ldi. Hazrat Fotima haqlarida Rasululloh bunday marhamat qiladilar: "U mening porai tanimdir, men undan jannatning hidini tuyaman"(4) Bu bejiz aytilmagan edi, chunki darhhaqiqat Hazrat Fotima buyuk inson edilar. Axir Xudoi Mutaol –"Darhaqiqat Xudo sizlarni ma`siyatlardan uzoqlashtirishni, va begunoh bo`lishlaringizni istaydi, ey Payg`ambarning ahli bayti!"-deb xitob qilgan.(5) Beshak, Hazrat Fotimaning ma`sumliklari(6)—u zotning buyukliklaridan dalolat beradi. Ul zotning rizoyatlarini olish va itoatlarida bo`lish (shuningdek pok nasllarining ham) bizning shar`iy burchimizdir (7). Axir ularning rizoliklari Allohning rizoligi va g`azablari Allohning g`azabidir. (8). Rasuli Akram bunday dedilar: Dunyoning to`rt buyuk ayoli bular—Imron qizi Maryam, Xuvaylid qizi Xadicha, Mazohim qizi Osiyo va Muhammad qizi Fotimadirlar"(9). Shuningdek Rasululloh bunday marhamat qilganlar:- Fotima-jannatdagi ayollarning sarvaridir! Uni rozi qilgandan- Alloh rozi bo`ladi. (10) Imom Rizodan naql qilinadiki Payg`ambar bunday dedilar: Hasan va Husayn mendan va otalaridan so`ng yer yuzida yashovchilarning eng yaxshisidirlar, onalari esa yer yuzidagi eng yaxshi ayoldir (11)
|