Hazrat Fotimai Zahro(A.S)(2)majbur qilgan narsa nima?" Miqdod:- Abul Hasan , qo`ying mening holimni so`ramang ,- deb aytdi. Shunda Ali –Seni qiynayotgan narsani bilmagunimcha men xotirjam bo`lmayman. Sen diiniy birodarimsan va menga dardingni aytishing kerak,-deb aytdilar. Miqdod: - Muhammadni Rasululloh va seni uning o`rinbosari qilib tayinlagan zotga qasamki, meni ko`chaga olib chiqqan narsa ochlikdir. Xonadonim ahli ochlikka chiday olmay yig`layaptilar va men biron Yegulik topish ilinjida ko`chaga chiqqan edim. Imom Ali ko`zlaridan yosh qalqidi va shunday dedi: Sen ichgan qasamni men ham ichib aytamanki seni ko`chaga haydagan ochlik meni ham ko`chaga chiqardi. Men bir dinor qarz olgan edim. Uni senga beraman ehtiyojingga ishlatgin ,-deb o`zi masjiddga qarab yo`l oldi. Xufton namozidan keyin Rasululloh Aliga qarab ,-Yo Abul Hasan sen bilan birga senikiga mehmonga borsam, kechqurunga yegulik taoming bormi? –deb so`radilar. Ali boshini quyi solgancha jim turar edi. Rasululloh bir dinor haqidagi habaradan Olloh izni bilan voqif bo`lgan edilar, va bu kecha Alining uyiga borishlari kerak edi Hazrat Alining jim turganini ko`rib: " Yo Abul Hasan yoki yo`q va yoki ha deb aytgin, toki men shunga qarab ish ko`ramay,-dedilar. Hazrat Ali ehtirom yuzasidan "gadamizga -hasanot, ya Rasululloh"-deb aytdi. Rasululloh Ali bilan birga qizlarining uyiga keldilar. Fotima onamiz namozdan foriq bo`ldilar. Fotimaningning yonlariga chiroylik idishda taomning xushbo`y hidi taralib turar edi. Rasulullohni ko`rgach Fotima otalari bilan salomlashdilar, Rasullulloh alik olgach : "Allohning rahmati senga bo`lsin, ona qizim. Bizga ozgina yegulik keltirgin"- dedilar.
|