Hazrat Fotimai Zahro(A.S)(2)



Sahihul Buxori va Sahihul Muslimda quyidagi hadis keltirilgandir: Rasululloh dedilar,-Fotima-jannatdagi  ayollarning sarvaridir. Hazrat Rasulilloh Fotimaga qarab bunday dedilar: Ey Fotima, buyuk Alloh yer yuzi ahliga qarab ichidan Alini  tanladi va menga vahiy keldiki, seni unga berishim kerak emish. Bilmaysanmi, sening sharafing haqqi sen uchun eng bilimdon va birinchi iymon keltirgan  Alini umr yo`ldoshi qilib tanladi.

Imom Sodiq naql qiladilar: Agar Alloh Alini yaratmaganda edi Fotima uchun munosib hamsar topilmagan bo`lur  edi.  (12)

So`fyon ibn Ayniyya aytadi: Imom Sodiq "Ikki dengizni qo`shdi  va undan marvarid va marjon chiqartirdi"-

"- oyatini (29) tafsir qilib aytadiki, ikki dengiz—Ali va Fotimadirlar, marvarid va marjonlar esa Hasan va .Husaynlardir. –deb aytganlar (14,15)

Imom Sodiqdan "Nega Fotimani "ZAHRO" , ya`ni  yarqiroq deb aytishadi? –deb so`rashganda, shunday javob berganlar:-Fotima ibodat uchun mehrobga kirganlarida ularning nurlari osmonlarni xuddi yulduzlar kabi yoritardi..  .

POKDOMONLIK VA  HAYO

"Iffatli ayol uchun eng yaxshi narsa nima?",-deb so`rashganda , Hazrat Fotima:-" Ayollar uchun eng yaxshisi :

Nomahram erkaklarga boqmaslik va o`zini ham ularga ko`rsatmaslik", - deb marhamat qildilar.

Shuningdek, Payg`ambarimizning "Qaysi payt ayol Allohga eng yaqin bo`ladi?,-deb so`raganlarida,  Hazrat

Fotima -"Shahvatli nazarlardan qochib o`z uyining burchagiga yashiringan ayolning  mavqei- Alloh uchun eng yaqin paytidir",- deb javob berganlar.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 next