Hazrat Fotimai Zahro(A.S)(2)Hazrat Fotima taomni keltirganlarini ko`rgan Ali ta`jublanib: " Ey Fotima, bu lazzatli taom qaerdan keldi?"- deb so`radi. Rasullulloh qo`llarini Alining elkasiga qo`yib: "Yo Ali bu sening sahovatingga berilgan hadiyadir, darhaqiqat Alloh o`zi istagan bandasiga hisobsiz rizq berguchidir" (17) so`ngra yig`lab davom etdilar:"Hamd bo`lsin Allohga ki sizlarga hali bu dunyoning o`ziga ham ne`mat berdi. Ali- misli Zakaryo , va Fotima- misli Maryamga o`xshar." So`ng quyidagi oyatni tilovat qildilar: Qachonki Zakaryo Maryamning oldiga mehrobga kelsa, uning oldida noz-ne`matni ko`rar edi. Mubohila oyati to`g`risida . Najronlik bir guruh nasroniylar Rasululloh oldilariga kelib Iso- haqlarida bahslashganda, u zot "Darhaqiqat, Iso Allohning nazdida Odam kabi yaratilgan va " Bo`l" deyilganda bunyod bo`lgandir."(18) Oyatini tilovat qildilar. Nasronilar bu gaplarni qabul qilishmagach, "Ayollaringiz va ayollarimizni , o`zimiz va o`zlaringizni , o`g`illaringiz va o`g`illarimizni chaqirib, so`ng qaysi birimiz yolg`onchi bo`lsak Allohning la`nati unga bo`lsin, deb duo qilaylik. (19) Najronlik nasroniylar boshida , mubohilaga rozi bo`lishdi, va ertasi kuni ma`lum bir yerda kelishni tayin etishdi . Ular Rasullullohning huzurlaridan qaytgach maslahatlashishdi,
|