RAHMON surasi55.61 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.62 . U ikkisidan quyiroqda yana ikki bog'lar bordir. 55.63 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.64 . Ikkisi (sersuv va sersoyalikdan) to'q yashildirlar.. 55.65 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.66 . U ikkisida (suvi) tinmay otilib turuvchi ikki chashma bordir. 55.67 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.68 . U ikkisida meva, xurmo va anorlar bordir. 55.69 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.70 . U (jannat)larda xushxulq va husndor (ayol)lar bordir. 55.71 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.72 . (Ular) chodirlarda asraluvchi hurlardir. 55.73 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.74 . Ularga ilgari na ins va na jin tekkandir. 55.75 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.76 .(Jannat ahli) yashil yostiqlar va go'zal gilamlar uzra yastangan hollarida (o'ltirurlar). 55.77 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.78 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
|