RAHMON surasi55.41 . Balki) jinoyatchi (osiy) kimsalar o'z belgilaridan tanilib, peshona sochi va oyoqlaridan tutilurlar (va jahannamga tashlanular). 55.42 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.43 . Jinoyatchi (osiy)lar yolg'on deydigan jahannam mana shudir. 55.44 . Ular o'sha (jahannam) bilan o'ta qaynoq suv o'rtasida aylanib tururlar. 55.45 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.46 . Parvardigori (huzurida) turishdan (so'ralishdan) qo'rqqan kishi uchun ikki jannat (bog'li) bordir. 55.47 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.48 . (U ikki jannat bog'li qalin) shox-novdalarga egadir. 55.49 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.50 . U ikkisida ikki oqin chashma bordir.
|