RAHMON surasi55.11 . Unda meva va g'unchali xurmo daraxtlari bor. 55.12 . Yana somonli donlar va rayhon (gullari bor). 55.13 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.14 . U insonni (Odamni) sopol yangliq quruq loydan yaratdi. 55.15 . Jin (va shaytonlarni) esa olovdan yaratdi. 55.16 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.17 . (Alloh) ikki mashriqning (ya'ni, kun va oy chiqadigan tomonlarning) ham, ikki mag'ribning (kun va oy botadigan tomonlarning) ham Parvardigoridir. 55.18 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.19 . U ikki dengiz (daryo)ni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qo'ydi. 55.20 . (Ammo) u ikkisining o'rtasida bir to'siq bo'lib, ular (o'sha to'siqdan) oshib o'tmaslar.
|