RAHMON surasi55.51 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.52 . U ikkisida barcha mevadan ikki navi bordir. 55.53 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.54 . (Ahli jannat) astarlari shoyidan bo'lgan ko'rpachalar uzra yastangan hollarida (o'tirurlar). U ikki jannat mevasi yaqindir. 55.55 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.56 . U (jannat)larda shunday ko'zlarini (begona erkaklardan) tiyuvchi (qiz)lar borki, ularga ilgari na ins va na jin tekkandir. 55.57 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.58 . Ular (ning badanlari) go'yoki yoqut va marjondirlar. 55.59 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 55.60 . Ehson (ezgulik)ning mukofoti faqat ehson (ezgulik)dir.
|