TUR surasi52.41 . Yoki ularning huzurlarida g'ayb (ilmi) bo'lib, ular (undan ko'chirib) yozib olayotirlarmi?! 52.42 . Balki, ular (Sizni halok qilish uchun) biror hiyla qilmoqchidirlar?! U holda o'sha kofir bo'lgan kimsalarning o'zlari "hiyla"ga giriftor bo'lurlar. 52.43 . Yoxud ular uchun Allohdan o'zga iloh bormi?! Alloh ularning shirklaridan pokdir! 52.44 . Agar ular (ustilariga) osmonning bir parchasi tushayotganini ko'rsalar ham "Bu qalin bulutdir", - derlar. 52.45 . Bas, (ey, Muhammad,) Siz ularni, to o'zlari halok qilinadigan kunlariga ro'baro' bo'lgunlaricha, qo'yib bering! 52.46 . U Kunda ularning hiylalari hech foyda bermas va ularga yordam ham berilmas. 52.47 . Albatta, zolim (kofir) bo'lgan kimsalar uchun bundan (Qiyomatdan) ilgari (dunyoda) ham azob(lar) bordir. Lekin, ularning aksariyati (buni) bilmaslar. 52.48 . (Ey, Muhammad,) Siz Rabbingizning hukmiga sabr qiling! Zotan, Siz Bizning ko'z o'ngimizda (himoyamizda)dirsiz! (Tongda uyqudan) turgan paytingizda, Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting! 52.49 . Shuningdek, kechadan (vaqt ajratib) va yulduzlar yuz o'girgach (botgach), (saharda) ham Unga tasbeh ayting.
|