TUR surasi52.21 . O'zlari imon keltirib, zurriyotlari ham ularga imon bilan ergashgan zotlarga (o'sha) zurriyotlarini qo'shib, ularga qilgan amallaridan biror narsani ham kamaytirmaymiz.Har bir kimsa o'zi qilgan ishi bilan garovlangandir. 52.22 . Yana Biz ularni ko'ngillari istaydigan meva va go'sht bilan quvvatlantirurmiz. 52.23 . Ular u joyda (shunday sharob) kosalarini talashib (qo'lma-qo'l) qilib ichurlarki, unda na behuda gap va na gunoh ish bo'lur. 52.24 . Ularning ustida go'yo (sadaf ichida) yashiringan gavhardek (pok va xushsurat) g'ulomlar aylanib (xizmat qilib) yurar. 52.25 . Ular bir-birlariga qarab, savol-javob qilishurlar. 52.26 . Ayturlar: "Haqiqatan, bizlar ilgari (dunyoda) oilamiz orasida (Alloh azobidan) qo'rquvchi edik. 52.27 . Mana, Alloh bizlarni mamnun etdi va bizlarni "samum" (do'zax shamoli)dan saqladi. 52.28 . Darhaqiqat, bizlar ilgari (dunyoda) Unga duo qilar edik. Albatta, Uning O'zi marhamatli va rahmlidir". 52.29 . Bas, (ey, Muhammad,) (insonlarga) eslatma beravering, chunki Siz Rabbingizning ne'mati sababli kohin (folbin) ham, majnun ham emasdirsiz. 52.30 . Balki, ular (mushriklar): "(Muhammad) shoirdir. Bizlar unga zamon hodisotlari (yetishi)ni kutarmiz", - derlar?!
|