TUR surasi52.11 . Ana o'sha Kunda (payg'ambarlarni) inkor etuvchilar holiga voy! 52.12 . Ular (zalolatga) cho'mib, beparvo o'ynab yuradigan kimsalardir. 52.13 . U Kunda ular jahannam olovi sari haydalurlar. 52.14 . (Va ularga deyilur): "Sizlar yolg'on deb yurgan do'zax mana shudir. 52.15 . Qani, bu ham sehrmi yoki sizlar ko'rmayapsizlarmi?! 52.16 . Unda toblaningiz! Endi (uning azobiga) xoh sabr qilinglar, xoh sabr qilmanglar- sizlarga barobardir! Sizlar faqat o'zlaringiz qilib o'tgan qilmishlaringiz jazosini olursizlar". 52.17 . Taqvodor zotlar esa bog'lar va ne'matlar ichradirlar. 52.18 . Parvardigorlari ato etgan narsalar bilan shod-xurramdirlar. Parvardigorlari ularni do'zax azobidan saqlagandir. 52.19 . (Ularga aytilur): "Sizlar qilib o'tgan (yaxshi) amallaringiz sababli bemalol yenglar va ichinglar! 52.20 . Qator so'rilarda yastangan hollaringizda". Biz ularga keng, qora ko'zli hurlarni juft qilib berurmiz.
|