TUR surasi52.31 . Ayting: "Kutaveringlar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardandirman". 52.32 . Balki, ularni "aqllari" mana shunga buyurar?! Yoki ular tug'yonga ketgan qavmdirlar?! 52.33 . Balki, ular: "(Muhammad Qur'onni) o'zi ichidan to'qib olgan",- derlar?! Yo'q, ular imon keltirmaslar! 52.34 . Bas, agar rostgo'y bo'lsalar, o'zlari ham o'sha (Qur'on)ga o'xshash biror so'z (kitob) eltirsinlarchi?! 52.35 . Yoki ular hech narsadan (ya'ni, Yaratuvchisiz) yaralib qolganmilar?! Yoki ular o'zlari yaratuvchimilar?! 52.36 . Yoki osmonlar va Yerni ham ular yaratganmilar?! Yo'q, ular ishonmaslar! 52.37 . Yoki ularning huzurlarida Rabbingizning xazinalari bormi?! Yoki ular (butun borliqni) boshqarib turuvchimilar?! 52.38 . Balki, ularda (chiqib, farishtalarning so'zlarini) eshitib oladigan narvon bordir?! U holda ularning eshitib oluvchisi aniq hujjat keltirsin! 52.39 . Yoxud qizlar (farishtalar) Unga-yu, o'g'illar sizlargami? 52.40 . (Ey, Muhammad,) balki Siz ulardan (payg'ambarligingiz uchun) haq so'rayotgandursizki, ular (o'sha) to'lovdan qiynalgandirlar?!
|