FUSSILAT surasi41.31 . Dunyo hayotida ham, oxiratda ham biz sizlarning do'stlaringizdirmiz. Sizlar uchun (jannatda) ko'ngillaringiz tilagan narsalar va sizlar uchun u joyda istagan narsalaringiz bordir. 41.32 . (Bu) mag'firatli va mehribon zot (tomoni)dan bo'lmish ziyofatdir". 41.33 . Alloh (yo'li)ga da'vat etgan va o'zi ham solih amal qilib, "Men musulmonlardandirman", - degan kishidan kim chiroyliroq so'zlovchidir?! 41.34 . Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo'lmas. Siz (yomonlikni) go'zalroq (muomala) bilan daf qiling! (Shunda) birdan siz bilan o'rtalaringizda adovat bo'lgan kimsa qaynoq (qalin) do'stdek bo'lib qolur. 41.35 . Unga faqat sabrli zotlargina erishurlar, unga faqat ulug' nasiba egasigina erishur. 41.36 . Agar Sizni shayton tomonidan vasvasa tutmoqchi bo'lsa, u holda Allohdan panoh so'rang. Zero, U eshituvchi va biluvchi zotdir. 41.37 . Kecha va kunduz, quyosh va oy Uning alomatlaridandir. Agar sizlar (Allohga) ibodat qiluvchi bo'lsangizlar, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmangizlar, (balki) ularni yaratgan zot - Allohga sajda qilingizlar! 41.38 . Bas, agar (sajda qilishdan) kibrlansalar, bas, (bilingki,) Rabbingiz huzuridagi zotlar (farishtalar) kecha-yu kunduz (hech) malollanmasdan Unga tasbeh ayturlar (sajda qilurlar). 41.39 . Uning alomatlaridan (biri) yerni qo'riq holda ko'rishingizdir. Bas, qachonki, Biz uning ustiga suv (yomg'ir) yog'dirsak, u harakatga kelar va unar. Albatta, o'sha yerni tiriltirgan zot o'liklarni ham tiriltira oluvchidir. Zero, U barcha ishga qodirdir. 41.40 . Albatta, Bizning oyatlarimizga qing'irlik qiladigan kimsalar Bizga maxfiy bo'lib qolmaslar. Axir, do'zaxga tashlanadigan kimsa yaxshiroqmi yoki Qiyomat Kunida (Allohning azobidan) xotirjam holda keladigan kishimi?! Nimani xohlasangizlar, o'shani qilaveringizlar! Albatta, U qilayotgan ishlaringizni ko'rib turuvchidir.
|