FUSSILAT surasi41.1 . Ho, Mim. 41.2 . (Ushbu Qur'on) mehribon va rahmli Alloh tomonidan nozil qilingandir. 41.3 . U biladigan qavm uchun arabiy Qur'on holida (nozil qilinib), oyatlari mufassal bayon qilingan Kitobdir. 41.4 . (U) xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchidir. Bas, (kofirlarning) ko'plari yuz o'girdilar. Demak, ular "eshitmaslar". 41.5 . Ular dedilar: "Dillarimiz sen bizlarni da'vat qilayotgan narsadan to'silgan, quloqlarimizda esa og'irlik (karlik) bordir va sen bilan bizlarning o'rtamizda (bir) parda bordir. Bas, Sen ham (o'z) amalingni qilaver, bizlar ham, albatta, amal qiluvchidirmiz". 41.6 . (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Haqiqatan, men ham xuddi sizlar kabi bir bashardirman. Menga "Tangringiz yolg'iz Alloh" deb vahiy qilinmoqda. Bas, sizlar Uning O'ziga to'g'ri (toat-ibodatda) bo'lingiz va Undan mag'firat so'rangiz! Mushriklarga esa halokat bo'lgay!" 41.7 .(Ular) zakot bermaydigan va o'zlari oxiratga ishonmaydigan kimsalardir. 41.8 . Albatta, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar uchun bitmas-tuganmas mukofot bordir! 41.9 . Ayting: "Haqiqatan ham sizlar Yerni ikki kunda yaratgan zotga kofir bo'lurmisizlar va o'zgalarni Unga tenglashtirurmisizlar?! Ana O'sha (barcha) olamlarning Parvardigori-ku?! 41.10 . U (Yerning) ustida to'la to'rt kunda tog'larni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda o'sha (yer)da uning yemishlarini belgiladi (taqsimladi). (Bu tafsilot) so'rovchilarga mosdir.
|