G`OFIR surasi40.1 . Ho, Mim. 40.2 . (Ushbu Qur'on) qudratli va bilimli Alloh (tomoni)dan nozil qilingan Kitobdir. 40.3 . (U) gunohni mag'firat qiluvchi, tavbani qabul etuvchi, azobi qattiq va ehson egasidir. Undan o'zga iloh yo'q. Qaytishlik faqat Uning O'zigadir. 40.4 . Allohning oyatlari haqida kofir bo'lganlargina tortishurlar. Bas, ularning shaharlararo kezishlari Sizni aldab qo'ymasin! 40.5 . Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi va ulardan keyingi (Od, Samud qabilalari kabi) firqalar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqarganlar. Har bir millat o'z payg'ambarini tutishga (o'ldirishga) qasd qilgan va botil (hujjatlar) bilan tortishib, uning yordamida Haqni yengmoqchi bo'lgan edilar. Birdan Men ularni (O'z azobim bilan) tutdim. Bas, azobim qanday bo'ldi?! 40.6 . (Ey, Muhammad, qavmingiz orasida) kofir bo'lgan kimsalar ustiga ham Rabbingiz So'zi (azobi) mana shunday muqarrar bo'lgandir - albatta, ular do'zax ahlidirlar. 40.7 . Arshni ko'tarib turadigan va uning atrofidagi (farishta)lar (yakkayu yagona) Parvardigorlariga hamd bilan tasbeh ayturlar va Unga imon keltirurlar hamda imon keltirgan kishilarni mag'firat etishini so'rarlar: "Parvardigoro, O'zing rahmat va ilm jihatdan barcha narsada kengdirsan. Bas, tavba qilgan va yo'lingga ergashgan kishilarni mag'firat et va ularni do'zax azobidan saqla! 40.8 . Parvardigoro, ularni ham, ularning otabobolari, jufti halollari va zurriyotlari orasidagi solih bo'lgan kishilarni ham O'zing ularga va'da qilgan mangu jannatlarga doxil qilgin. Albatta, Sen qudrat va hikmat sohibidirsan. 40.9 . O'zing ularni barcha yomonliklardan asragin, Kimni o'sha kunda (qiyomatda) yomonliklardan asrasang, bas, haqiqatan unga rahm qilibsan. Mana shu ulkan yutuqdir". 40.10 . Kofir bo'lgan kimsalarga (qiyomat kuni): "Sizlarni (dunyoda) imonga chaqirilganda, kofir bo'lganingizdagi Allohning yomon ko'rishi (bu Kundagi) o'zlaringizni yomon ko'rishingizdan kattaroqdir", - deb nido qilinur.
|