RUM surasi



30.41 . Odamlarning qilmishlari tufayli quruqlik va dengizda buzg'unchilik paydo bo'ldi. Bu ularning (o'z qilmishlaridan) qaytishlari uchun qilgan ba'zi (yomon) ishlari (jazosi)ni ularga tottirish uchundir.

30.42 . Ayting: "Yerda sayr qilinglar, bas, oldingilar oqibati ne bo'lganini ko'ringlar! Ularning aksariyati mushriklar edi.

30.43 . Alloh (tomoni)dan qaytarilishi bo'lmaydigan Kun kelmay turib, to'g'ri din (Islom)ga yuzingizni to'g'rilang! O'sha kunda (odamlar turli xillarga) bo'linurlar.

30.44 . Kimki kofir bo'lgan bo'lsa, bas, kufri o'ziga! Kimki solih (amal) qilgan bo'lsa, bas, o'zlari uchun oldini olgan bo'ladilar.

30.45 . (Bu) imon keltirib, solih (amal)larni qilganlarni O'z fazlidan mukofatlashi uchundir. U kofirlarni suymas.

30.46 . Uning belgilaridan biri (yomg'ir Ñ‘g'ishidan) xushxabar beruvchi, Uning rahmati (yomg'iri)dan sizlarni bahramand etishi uchun, Uning amri bilan kemalar suzishi uchun, Uning fazli (rizqi)dan istashlaring va shukr qilishlaringiz uchun shamollarni yuborishidir.

30.47 . Sizdan oldin ham payg'ambarlarni o'z qavmlariga yuborganmiz. Bas, (elchilarimiz) ularga hujjatlarni keltirganlar. Jinoyatchilardan esa intiqom (o'ch) olganmiz. Bizning zimmamizda mo'minlarga madad berish haqqi bordir.

30.48 . Alloh shunday zotki, (U) shamollarni yuborib, bulutlarni qo'zg'aydi, bas, uni osmonda xohlaganicha yoyadi va uni bo'lak-bo'lak qilgach, uni orasidan yomg'ir chiqishini ko'rasiz. Bas, qachonki uni (yomg'irni) O'z bandalaridan xohlagan kishisiga yetkazganda, ular birdan shodlanib keturlar,

30.49 . garchi oldin ularga (yomg'ir) yog'may turganda ular noumid bo'lsalar ham.

30.50 . Allohning rahmati (yomg'iri) asoratlariga boqing - yerni "o'lgani"dan keyin qanday qilib uni "tiriltiradi"! Albatta, U (Alloh) o'liklarni tiriltiruvchi va U har narsaga qodirdir.



back 1 2 3 4 5 6 next