NAML surasi27.51 . Bas, ularning qilgan makrlari oqibati qanday bo'lganini ko'ring - Biz ularni va qavmlarining barchasini tor-mor qildik. 27.52 . Mana, zulm qilganlari sababli ularning uylari huvillab qoldi! Albatta, bunda biladigan qavm uchun ibrat bordir! 27.53 .Imon keltirgan va taqvoli bo'lgan zotlarga esa najot berdik. 27.54 . Lutni ham (eslang). Qaysiki u qavmiga aytgan edi: "Sizlar ko'rib (bilib) turib fahsh ishlarni qilasizlarmi?! 27.55 . Sizlar xotinlaringizni qo'yib, shahvatni erkaklarga keltirasizlarmi?! Ha, sizlar johil qavmdirsizlar!" 27.56 . (Lut) qavmining javobi esa faqat "Lut ahlini qishlog'ingizdan (quvib) chiqaringiz! Darhaqiqat, ular juda "pok"lanib ketayotgan kishilardir", - deyishlari bo'ldi. 27.57 . So'ng Biz (Lutga) va uning ahliga najot berdik. Illo, uning xotini (najot topmadi, chunki) halok bo'luvchilardan ekanini taqdir qilib - belgilab qo'ygan edik. 27.58 . Va ularning ustiga yomg'ir (tosh) yog’dirdik! Bas, ogohlantiriluvchilar yomg'iri naqadar yomon bo'ldi! 27.59 .(Ey, Muhammad,) ayting: "Allohga hamd va (payg'ambarlik uchun) tanlagan bandalariga salom! Alloh yaxshiroqmi yoki ular sherik qilayotgan narsalarimi?!" 27.60 . Yoki osmonlar va Yerni yaratgan hamda sizlar uchun osmondan suv (yomg'ir) yog’dirib, u bilan go'zal bog'larni o'stirgan zotmi?! Sizlar uchun u (bog'lar)ning dov-daraxtini o'stirish imkoni yo'q edi. Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! Yo'q, ular (Allohga o'zgalarni) teng (deb) biladigan qavmdirlar!
|