NAML surasi27.21 . Albatta, uni qattiq azob bilan azoblarman yo so'yib yuborurman yoki menga (uzrini bayon qilib) aniq hujjat keltirur", - dedi. 27.22 .So'ng uzoq (vaqt) qolmay (hudhud kelib) dedi: "Men sen ogoh bo'lmagan narsalardan ogoh bo'ldim va senga Saba' (shahri)dan ishonchli xabar keltirdim. 27.23 . Men bir ayolni ko'rdim. U ularning malikasi ekan. Unga barcha narsadan ato etilgan bo'lib, ulkan taxti ham bordir. 27.24 . Men uning va qavmining Allohni qo'yib, quyoshga sajda qilayotganlarini ko'rdim". Shayton ularga (qilayotgan) amallarini chiroyli ko'rsatib, ularni (Haq) yo'ldan to'sib qo'ygandir. Bas, ular hidoyat topmaslar. 27.25 . (Uning maqsadi) osmonlar va Yerdagi barcha sirlarni oshkor qiladigan hamda sizlar yashiradigan va oshkor qiladigan barcha narsalarni biladigan Allohga sajda qilmaslaridir. 27.26 . Alloh - Undan o'zga iloh yo'q! U ulkan Arsh egasidir. 27.27 . (Sulaymon) dedi: "Sen rost so'zladingmi yoki yolg'onchilardan bo'ldingmi, ko'rarmiz. 27.28 . Mana bu maktubimni olib borib ularga tashlagin, so'ngra ulardan chetlanib kuzatginchi, nima (javob) qaytarar ekanlar". 27.29 . (Hudhud maktubni olib kelib malika Bilqis oldiga tashlagach), u dedi: "(Ey, zodagonlar), haqiqatan menga sharafli bir maktub tashlandi. 27.30 . Albatta, u Sulaymondandir va u (maktubda): "Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan.
|