NAML surasi27.1 . To, Sin. Ushbular Qur'on va aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz) oyatlaridir. 27.2 . (Bu oyatlar) shunday mo'minlarga hidoyat va xushxabardirki, 27.3 . ular namozni mukammal ado etadilar, zakotni beradilar va oxiratga aniq ishonadilar. 27.4 . Albatta, oxiratga imon keltirmaydigan kimsalar (qilayotgan) amallarini o'zlariga chiroyli ko'rsatib qo'ygandirmiz. Bas, ular gangib yuraveradilar. 27.5 . Ana o'shalar uchun (dunyoda ham) eng yomon azob bordir va ular oxiratda eng ko'p ziyon ko'ruvchilardir. 27.6 . (Ey, Muhammad,) albatta, Sizga (bu) Qur'on hakim va dono zot dargohidan berilur. 27.7 . Muso oilasiga: "Men olov ko'rib qoldim. Sizlarga undan (biror) xabar keltirurman yoki sizlarga isinib olishingiz uchun cho'g' keltirurman", - deganini eslang! 27.8 . Bas, (u olov yoniga) kelgach, unga nido qilindi: "Olov oldidagi kishiga (Musoga) va uning atrofidagi zotlarga (farishtalarga) barakot bo'lsin! Olamlarning Parvardigori - Allohga tasbehlar! 27.9 . Ey, Muso, albatta, Men qudratli va hikmatli Allohdirman! 27.10 . Asoyingni tashla!" Bas, qachonki, (Muso) uning ilondek qimirlayotganini ko'rgach, ortiga qaramay qochdi. (Shunda Biz dedik): "Ey, Muso, qo'rqmagin! Zero, Mening huzurimda payg'ambarlar qo'rqmaslar.
|