Nur surasi



24.31 . Mo'minalarga ham ayting, ko'zlarini (nomahram erkaklardan) qo'yi tutsinlar. Va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Hamda ko'rinib turadiganidan boshqa ziynatlarini ko'rsatmasinlar va ro'mollarini ko'kraklari uzra tushirib olsinlar! Ular zeb-ziynatlarini erlari yo otalari, yo erlarining otalari, yo o'g'illari, yo erlarining o'g'illari, yo o'zlarining og'a-inilari, yo og'a-inilarining o'g'illari, yo opa-singillarining o'g'illari, yo o'zlari (kabi) ayollar, yo qo'l ostilaridagi (cho'ri)lar, yo (ayollardan) behojat bo'lgan (ya'ni, juda keksayib qolgan yoki aqlsiz-devona) erkak xizmatkorqullar, ayollarning avratlaridan xabardor bo'lmagan go'daklardan boshqalarga ko'rsatmasinlar! Yana, yashirgan ziynatlarini bildirib, oyoqlarini (yerga) urmasinlar! Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo'minlar! Shoyad, (shunda) iqbolli bo'lsangizlar.

24.32 . O'z oralaringizdagi tul (erkak va ayol)larni hamda qul va cho'rilaringizdan yaroqlilarini uylantiringlar. Agar (ular) kambag'al bo'lsalar, Alloh ularni O'z fazli bilan boyitur. Alloh (fazlu karami) keng va biluvchi zotdir.

24.33 . Nikoh (uchun) lozim mablag') topa olmagan kishilar - to Alloh ularni o'z fazli bilan boyitguncha - o'zlarini (haromdan, zinokorlikdan) pok tutsinlar! (Ey, mo'minlar!) Qo'l ostingizdagi (qul)lardan mukotab bo'lishini istaydiganlari bo'lsa*, u holda agar sizlar ularda yaxshilikni bilsangizlar, ularni mukotab qilingizlar va ularga Allohning sizlarga ato etgan molidan beringizlar! Iffatni istagan cho'rilaringizni dunyo hayoti anjomlari kuyida zinokorlik qilishga majburlamanglar. Endi, kim ularni majbur etsa, bas, albatta, Alloh majburlaganlaridan so'ng (u cho'rilarni) mag'firat qiluvchi va (ularga) rahmlidir.

24.34 . (Ey, mo'minlar,) darhaqiqat, Biz sizlarga bayon etuvchi oyatlarni, sizlardan ilgari o'tganlar to'g'risidagi masal(lar)ni va taqvodorlar uchun nasihatni nozil qildik.

24.35 . Alloh osmonlar va Yerning "nuri"dir. Nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go'yo bir durdan yaralgan yulduzga o'xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g'arbiy bo'lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligidan), garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar qo'shilganda esa), nur ustiga nur (bo'lur). Alloh o'zining (bu) nuriga o'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) masallarni keltirur. Alloh barcha narsani biluvchidir.(Yuqoridagi  oyat  “nur ustiga nur” deganda ya`ni  odamlar hech vaqt  hidoyat nuridan bebahra  qolmaydilar,  Payg`ambarimizdanÕ  keyin ham imomlar keladi va ularning  keti  uzilmaydi,  bizning davrimizda “nur” -  bu  imom  “Mahdi”dir.)

24.36 . (U chiroq) ko'tarilishiga (qurilishiga) va ularda o'zining nomi zikr qilinishiga Alloh izn bergan uylarda (masjidlarda)dir. U (masjid)larda ertayu-kech Unga tasbeh aytadigan

24.37 . kishilar bordir. Ularni na tijorat va na savdo (ishlari) Allohning zikridan, namozni mukammal ado etishdan va zakot berishdan chalg'ita olmas. Ular dillar va ko'zlar iztirobga tushib qoladigan kun (qiyomat)dan qo'rqurlar.

24.38 . Ular qilgan ezgu amallari sababli Allohning mukofotlashi va yana ularga o'z fazli bilan ziyoda (savoblar ato) qilishi uchun (ibodat qilurlar). Alloh (o'zi) xohlagan kishilarga behisob rizq berur.

24.39 . Kufrda bo'lganlarning qilgan amallari esa sahrodagi sarobga o'xshaydi. Tashna odam uni suv deb o'ylar, uning oldiga kelgach esa, hech narsa topa olmas va Allohni uning (qilgan amalining) oldida topur. Bas, U uning hisob-kitobini mukammal qilur. Alloh tez hisob-kitob qiluvchidir.

24.40 . Yoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to'lqin va uning ustida (qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga o'xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir: qo'lini chiqarib (qarasa) uni ko'ra olmas. Kimga Alloh nur (imon) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur yo'qdir.



back 1 2 3 4 5 6 next