Hecc surasi22.61 . Bunga sabab Alloh kechani kunduzga kiritishi (kechani qisqartirib, kunduzni uzaytirishi) va (aksincha) kunduzni kechaga kiritishi va haqiqatan, Alloh eshituvchi va ko'ruvchi ekanidir. 22.62 . Bunga (yana bir) sabab Allohning o'zigina haqiqiy Iloh ekani va sizlar Uni qo'yib iltijo qilayotgan narsa (but)lar esa ayni botil ekani hamda Allohning O'zigina eng oliy va buyuk zot ekanidir. 22.63 . Alloh osmondan suv (yomg'ir) yog'dirgach, yerning yam-yashil bo'lishini ko'rmadingizmi?! Darhaqiqat, Alloh lutfli va xabardor zotdir. 22.64 . Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Unikidir va haqiqatan, Allohning o'zigina behojat va hamd sohibidir. 22.65 . Alloh sizlarga yerdagi narsalarni va dengizda Uning amri bilan suzayotgan kemalarni bo'yin sundirib qo'yganini hamda o'zi osmonni yerga iznisiz qulab tushishdan tutib turishini ko'rmadingizmi?! Darhaqiqat, Alloh odamlarga mehribon va rahmlidir. 22.66 . U sizlarga hayot bergan, so'ngra o'lim beradigan, so'ngra (qiyomatda yana) hayot beradigan zotdir. Darhaqiqat, inson noshukrdir. 22.67 . Biz har bir ummatga qurbonlik qilish (amalini) buyurganmiz - ular unga amal qiluvchidirlar. Bas, (ey, Muhammad,) ular Siz bilan bu ishda sira tortishmasinlar! Siz (ularni) Rabbingizga da'vat qiling! Albatta, Siz To'g'ri yo'ldadirsiz. 22.68 . Agar ular Siz bilan munozara qilsalar, ayting: "Alloh sizlar qilayotgan (yomon) ishlarni juda yaxshi biluvchidir!" 22.69 . Alloh sizlar ixtilof qilgan narsalar haqida o'rtangizda qiyomat kuni hukm qilur. 22.70 . (Ey, Muhammad,) Siz Alloh osmon va Yerdagi bor narsani bilishini bilmadingizmi?! Albatta, bu Kitobda (Lavhul-Mahfuzda yozib qo'yilgan)dir. Albatta, bu Allohga osondir. 22.71 . Ular (Makka kofirlari) Allohni qo'yib, U biror hujjat tushirmagan va o'zlari ham bilmagan narsalarga ibodat qilurlar. Zolimlar uchun biror yordamchi yo'qdir. 22.72 . Qachonki, ularga Bizning aniq oyatlarimiz tilovat qilinsa, kofir bo'lganlarning yuzlarida inkor (alomati)ni sezursiz. Ular, o'zlariga Bizning oyatlarimizni tilovat qilayotgan zotlarga zo'rlik qilishgacha bordilar. (Ularga) ayting: "Endi, Men sizlarga bundan ham yomonroq narsani xabarini beraymi? (U) Alloh kofir bo'lganlarga va'da qilgan do'zaxdir. Naqadar yomon oqibat u!". 22.73 . Ey, insonlar, masal aytildi, bas, unga quloq tutingiz! - Aniqki, sizlar Allohni qo'yib, sig'inayotgan narsalaring, agar barchalari birlashganda ham bir chivinni yarata olmaslar, agar chivin ulardan biror narsani tortib olsa, uni undan ayirib ololmaslar. Talab etuvchi ham, so'raluvchi (butlar) ham zaifdirlar. 22.74 . Ular Allohning haqqoniy ravishda qadrlamadilar. Darhaqiqat, Alloh kuchli va qudratlidir. 22.75 . Alloh elchilarni farishtalardan tanlar, insonlardan ham. Darhaqiqat, Alloh eshituvchi va ko'ruvchidir! 22.76 . U ularning oldilaridagi va ortlaridagi narsalarni bilur. Va (barcha) ishlar yolg'iz Allohga qaytarilur. 22.77 . (Ey, imon keltirganlar, ruku' qilingiz, sajda qilingiz va Rabbingizga ibodat qilib yaxshilik qilingiz - shoyadki, najot topsangiz. 22.78 . Alloh (yo'li)da haqqoniy jiddu jahd qilingiz! Sizlarni (shu din uchun) U tanladi va dinda sizlarga biror haraj (qiyinchilik) qilmadi. Otalaringiz Ibrohimning dini (Islom)ni (ushlangiz)! Toki (qiyomatda) payg'ambar sizlarga guvoh bo'lishi uchun, sizlar esa (qolgan) odamlarlarga guvoh bo'lishingiz uchun (Allohning) o'zi sizlarni ilgari (muqaddas kitoblarda) atagandek, mana shu (Qur'on) da ham musulmonlar deb atadi. Bas, namozni mukammal ado etingiz, zakotni beringiz va Allohga bog'laningiz! U sizlarning xojangizdir. Bas, u Zot naqadar yaxshi xoja va naqadar yaxshi madadkordir!
|