Hecc surasi



22.11 . Odamlar orasida Allohga bir Ñ‘qlama (til uchida) ibodat qiladigan kimsalar ham bordir: bordiyu unga yaxshilik yetsa, o'sha sababli xotirjam bo'lur, agar biror baxtsizlik yetsa, (dindan) yuz o'girib ketur. (U) dunyoyu oxiratda ziyon ko'rur. Bu esa aniq ziyondir!

22.12 . U, Allohni qo'yib, o'ziga zarar ham, foyda ham bera olmaydigan narsalarga iltijo qilur. Bu qattiq adashishning o'zidir!

22.13 . U, zarari foydasidan yaqinroq bo'lgan "kimsa"larga iltijo qilur. Ular naqadar yomon "xoja" va naqadar yomon "oshno"dir!

22.14 . Albatta, Alloh imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga doxil qilur. Albatta, Alloh xohlagan (ish)ini qilur.

22.15 . Kimda-kim: "Alloh unga (Payg'ambariga) dunyo va oxiratda sira yordam qilmas", - deb gumon qilsa, bir arqon bilan shiftga osilib, (o'zini) bo'g'sin, so'ng qarasin, (bu) makri g'azabini ketkazarmikan.

22.16 . Biz uni (Qur'onni) mana shunday bayon etuvchi oyatlar shaklida nozil qildik. Alloh o'zi istagan kishilarni hidoyat qilur.

22.17 . Darhaqiqat, imon keltirganlar, yahudiy bo'lganlar, sobiiylar (farishtalarga sig'inuvchilar), nasroniylar, majusiylar (otashparastlar) va mushrik bo'lganlar - aniqki, Alloh qiyomat kunida ularning o'rtasini ajrim qilur. Albatta, Alloh barcha narsaga shohiddir.

22.18 . (Ey, Muhammad,) osmonlardagi va Yerdagi bor jonzot, quyosh, oy, yulduzlar, tog'lar, daraxtlar va (barcha) jonivorlar hamda ko'p insonlarning (yolg'iz) Allohga sajda qilishini ko'rmadingizmi? Ko'p (odam)larga esa (kofir bo'lganlari sababli) azob haq bo'lgandir. Kimni Alloh xor qilsa, bas, uni aziz qiluvchi yo'qdir. Albatta, Alloh o'zi xohlagan narsani qilur!

22.19 . Mana shu ikki raqib (mo'minlar bilan kofirlar) Parvardigorlari(ning dini) xususida talashdilar. Bas, kofir bo'lganlar uchun olovdan kiyimlar bichilib, boshlaridan qaynoq suv quyulur.

22.20 . U (suv) bilan ularning qorinlaridagi narsalar ham, terilari ham eritib yuborilur.



back 1 2 3 4 5 6 7 next