Hecc surasi22.51 . Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirishga uringan kimsalar esa, ular do'zax ahlidirlar. 22.52 . (Ey, Muhammad,) Biz Sizdan ilgari yuborgan har bir elchi va payg'ambar qachon (o'ziga nozil bo'lgan oyatlarni) qiroat qilsa, shayton uni qiroatiga (boshqa narsalarni) tashlagan (qo'shgan). Bas, Alloh shayton tashlaydigan narsani bekor qilur, so'ngra Alloh o'z oyatlarini mustahkam qilur. Alloh ilm va hikmat egasidir. 22.53 . (Alloh) shayton tashlaydigan narsani dillarida illati bo'lgan (munofiqlar), toshbag'ir kimsalar (kofirlar) uchun sinov sifatida (paydo qilur). Darhaqiqat, zolim (kofir)lar uzoq ixtilofdadirlar. 22.54 . Ilm ato etilgan kishilar esa u (Qur'on)ning Rabbingiz tomonidan kelgan Haqiqat ekanini bilib, unga imon keltirishlari, dillari u sababli ixlosli bo'lishi uchun (Alloh shunday qilur). Darhaqiqat, Alloh imon keltirganlarni To'g'ri yo'lga hidoyat qiluvchidir. 22.55 . Kofir bo'lganlar, to ularga to'satdan qiyomat kelgunicha yoki (bu) "tug'mas" (tuni bo'lmas) Kunning azobi kelgunicha, (Qur'on)dan shak-shubhadadirlar. 22.56 . U kunda hukmronlik (yolg'iz) Allohnikidir. Uning o'zi ular o'rtasida hukm qilur. Bas, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar noz-ne'mat jannatlaridadirlar. 22.57 . Kofir bo'lgan va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlar, ana o'shalar uchun xor qiluvchi azob bordir. 22.58 . Alloh yo'lida hijrat qilgan, so'ngra qatl qilingan yoki vafot topgan zotlarni, albatta, Alloh go'zal rizq (mangu jannat) bilan rizqlantirur. Darhaqiqat, Allohning o'zi eng yaxshi rizq beruvchidir. 22.59 . Albatta, (Alloh) ularni o'zlari rozi bo'ladigan joyga (jannatga) doxil qilur. Darhaqiqat, Alloh biluvchi va halimdir. 22.60 . (Ish) shudir. Kim o'ziga berilgan uqubat barobarida o'ch olsa, so'ngra yana unga zulm qilinsa, albatta, Alloh u (mazlum)ga yordam qilur. Darhaqiqat, Alloh afv etuvchi va kechiruvchidir.
|